Bilasizmi?

Zamsh tuflilarni tozalaymiz

Zamshni ho‘lligida tozalab bo‘lmaydi. Uni quritib, cho‘tka bilan kirlaridan xalos eting va bug‘ ustiga biroz tutib turing. Shunda yap-yangi ko‘rinishga keladi.

  • Eskirib, yaltirab qolgan joylarini yumshoq o‘chirg‘ich bilan ishqalashingiz mumkin (faqat iz qoldirmasligiga ishonch hosil qilish uchun avval qog‘ozga ishqalab tekshirib ko‘ring).
  • Mayda dog‘lar va kir paydo bo‘lmasligi uchun oyiga bir marotaba poyabzalingizga namlikni singdirmaydigan sprey bilan ishlov berishingiz mumkin (poyabzal do‘konlarida sotiladi).
  • Agar yog‘li dog‘ tekkan bo‘lsa, poyabzalingizga talk sepib, qattiq cho‘tka bilan tozalang.

Manba: Darakchi.uz