Bilasizmi?

17 odat sizni badavlat kishiga aylantiradi

Daromadlaringizni oshirish uchun hayotga bo‘lgan yondashuvingizni o‘zgartiring.

1. Oldingizga maqsad qo‘ying

Bor-yo‘g‘i boy bo‘lishni orzu qilayotgan bo‘lsangiz, buning deyarli imkoni yo‘q. Orzuingizni maqsadga aylantirib, uni amalga oshirish yo‘lida harakat qilishni boshlasangiz, u haqiqiy chizgilarga ega bo‘ladi.

Shubhasiz, buning uchun aniq vazifalar, ularni amalga oshirish muddatlarini aniq belgilab olish, keyin esa yeng shimarib ishga kirishish kerak bo‘ladi.

2. “Kengroq” o‘ylang

Oraliq maqsadlarni kichik va amalga oshiradigan qilish, biroq global ma’noda siz tasavvuringizga sig‘dira oladigandan ko‘ra kattaroq narsa uchun harakat qilishingiz zarur. Bu sizni odatiy usul bilan xayolingizga kelmaydigan vazifalar uchun amalga oshirish vositalarini izlashga majbur qiladi.

Masalan, millioner bo‘lishni istaysiz. Maqsadingiz bir million bo‘lsa, mo‘’jiza o‘z-o‘zidan yuz bermaydi: uni ishlab topish, yig‘ish, meros sifatida qo‘lga kiritish mumkin. Biroq bir necha million ishlab topish vazifasi sizni qanday qilib  investitsiya kiritish, bir necha yildan keyin o‘zgacha moliyaviy yo‘nalishlarda fikrlash uchun professional sifatida rivojlanishga majbur qiladi.

3. Chegaralarni chetlab o‘ting

Sun’iy cheklovlar “o‘sishingizga” xalaqit qiladi. Ba’zida o‘sish chegarasini shaxsan o‘zingiz pasaytirasiz. Masalan: o‘zingizga xos bo‘lmagan vazifalarni bajarishga to‘g‘ri keladigan loyihada ishtirok etishni rad etayotganingizda. Biroq bunday tajriba orttirish uchun ikkinchi imkoniyat bo‘lmaydi.

Barcha yangi narsalar – bu sizga yanada yuqori ko‘tarilish imkonini beradigan zinapoya.

4. O‘zingizda boriga qanoat qilib yashang

Ishonchingiz komil bo‘lsin: o‘ziga to‘q odam qimmatbaho avtomobil sotib olish uchun o‘zida bor so‘nggi mablag‘ini sarf qilib yubormaydi. Bu kambag‘allarga xos odat. Gap maosh hajmida ham emas, bari -  pulga bo‘ladigan munosabatda.

Chiqimlar ongli tarzda amalga oshirilishi zarur, harajatlarning har bir yo‘nalish bo‘yicha yuqori chegarasini o‘zingiz aniqlashingiz kerak. Masalan, uyni ijaraga olayotgan bo‘lsangiz ham maoshning 30 foizidan ortig‘ini sarflamaslik, agar bu ko‘rsatkich maoshning uchdan biridan ortib ketadigan bo‘lsa, arzonroq turarjoy izlash lozim.

Hisob-kitob va tejashni qiziqarli jarayon deb atash mushkul. Bu ancha zerikarli, ayniqsa “axir bir marta dunyoga kelamiz-ku” degan ibora bilan solishtirilsa, biroq yaxshi moliyaviy sharoitlardagina bir marta yashash mumkin.

5. Byudjet yuriting

Moliya masalalariga biznes kabi munosabatda bo‘ling. Debetni kreditga yetkazmagan, foydali shartnomalar izlamagan va maqsadli bo‘lmagan harajatlarni qisqartirmagan kompaniya daromadli bo‘lmaydi. Shaxsiy mablag‘lar uchun ham bu ish beradi: agar siz pul harakatidan boxabar bo‘lmasangiz, daromaddan umid qilmasangiz ham bo‘ladi.

6. Jamg‘aring

Tejamkorlik sizni millionerga aylantirmaydi, biroq inqirozni chetlab o‘tishga yordam beradi. Kutilmagan holatlar, masalan kasallik, ishdan bo‘shatilish kabi vaziyatlarda jamg‘armaga ega bo‘lmasangiz, ovqat uchun haq to‘lash uchun ham qarzga botishga to‘g‘ri keladi.

7. Ishlab topilgan qo‘shimcha pullarni to‘plab boring

Xalq maqollarini qo‘llash odamlarning jonu-dili. Biroq “Oson kelgani oson ketadi”ini  “Tanga pul yirik pulni asrab qoladi” iborasiga qaraganda ko‘proq qo‘llashadi. Shunga qaramay, kutilmaganda kelgan pullarni yig‘ish sizni haqiqatan ham boy odamga aylantiradi.

Kutilmagan mukofot puli, gonorar, sovg‘a va boshqa manbalardan kelgan pullarni hech qanday zararsiz yig‘ish mumkin. Axir byudjetda ular hisobga olinmagan. Bunda mablag‘laringiz ko‘payadi va siz boylik sari bir qadam yaqinlashasiz.

8. Pullarni ishlashga majbur qiling

Jamg‘armani saqlash bilan ovora bo‘lgan vaqtingizda, ular kamayib boradi, chunki inflyasiya sababli ularning haqiqiy xarid qobiliyati pasayadi. Bunday holat sodir bo‘lmasligi uchun pullarni kamida jamg‘arma hisobiga o‘tkazish kerak, undagi foizlar inflyasiyadan ilgariroq harakatda bo‘ladi. Biroq bu pul ishlab topish asbobi emas.

Daromadga ega bo‘lish uchun pullarni sarmoya qilish joiz. To‘g‘ri, buning uchun mablag‘ni sarflash, jamg‘armani yo‘qotmaslik uchun turli variantlarni o‘rganish kerak bo‘ladi.

Kirimning manbai bir dona bo‘lishi ishonchli emas, mablag‘ni ishonch bilan ko‘paytirish uchun kirim manbai hech bo‘lmaganda uchta bo‘lishi kerak.

Gap ikkinchi yoki uchinchi ishni izlash haqida emas. Siz aksiyalarga sarmoya kiritishingiz, ko‘chmas mulkni ijaraga berishingiz yoki qo‘shni kompaniya homiysiga aylanishingiz mumkin.

9. Ishqiboz bo‘lish uchun to‘g‘ri odamlarni tanlang

Hech kim sizga super qahramonlardan faxrlanishni ma’n etayotgani yo‘q. Biroq super qobiliyatga ega qahramonlarni tanlashda ulardagi jihatlarni o‘zimda rivojlantira olamanmi degan real savol mavjud bo‘lishi kerak.

Muvaffaqiyatli odamlar orasida sizda faxr hissini uyg‘otadiganlari bo‘lsa kerak. Aynan ular imkonsiz narsa mavjud emasligini isbotlaydilar. Demak, siz ham muvaffaqiyatga erisha olasiz.

10. O‘zingizga sarmoya kiriting

Hozirgi holatingizda boy bo‘lish uchun merosga ega bo‘lishingiz kerak. Biroq yaxshi daromad egasi bo‘lish uchun siz doimiy ravishda rivojlanishingiz kerak. Bu yuqori maoshga ega yollanma ishchi uchun ham, shaxsiy biznes ochish istagida bo‘lganlar uchun ham birdek muhim.

Kurslar, seminarlar, treninglar, sayohatlar, uchrashuvlar – bu pulni bekorga sovurish emas. Siz aqlliroq, tajribaliroq odamga aylanasiz. Bu esa ishlab topgan pulingizda o‘z aksini ko‘rsatmay qolmaydi. Trening va seminarga keladigan bo‘lsak, ustozlarni diqqat bilan tanlash kerak bo‘ladi.

11. Mutolaa qiling

Maxsus adabiyotlarni o‘qish – kam xarajat bilan zaruriy ko‘nikmalarga ega bo‘lishning oddiy usuli. Siz o‘zgalar xatolarini  o‘rganish, turli biznes turlari qanday rivojlangani, kompaniyalarni qanday qilib inqirozdan olib chiqilgani, bunday vaziyatga tushib qolmaslik uchun nimalar qilmaslik kerakligini bilib olish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

Tajriba sizga ushbu kitob narxiga teng bo‘ladi, mualliflar esa buning uchun balki millionlardan ajralgan bo‘lishlari mumkin.

12. Vaqtdan unumli foydalaning

Bir sutkada 24 soat ishlash hech kimni samarali qilmasa kerak, biroq dam olish ham turlicha bo‘ladi. Ijtimoiy tarmoqlardagi lentani ko‘zdan kechirish yoki televizor ro‘parasida o‘tirishdan ko‘ra, shaxsiy rivojlanish bilan shug‘ullaning, bu esa sizga keyinchalik daromad keltiradi. Yoki miriqib uxlang, natijada ishingizni yanada samarali bajarasiz.

13. Shaxsiy brend yarating

Biror kishi to‘g‘risidagi ma’lumotga ega bo‘lish uchun hozirda xavfsizlik xizmati xodimi bo‘lish shart emas. Juda sirli odam bo‘lsangiz ham, tarmoq siz haqingizda keragidan ortig‘ini aytib beradi. Shuning uchun oflayn va onlaynda nima qilayotganingizga e’tiborli bo‘ling.

Nuqsonlarsiz kishi bo‘lish mushkul va hamma uchun ham kerak emas. Ko‘pgina odamlar jamoa fikriga qarshi bo‘lgan qat’iy fikrlari tufayli muvaffaqiyatga erishishgan. Biroq, hech bo‘lmaganda tamoyillarga ega bo‘ling.

14. Odamlarni qadrlashni o‘rganing

Rahbariyatning munosabati xodimlar ishchanligi va rag‘batiga qanday ta’sir qilishi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Biroq rahbar kreslosida bo‘lgan vaqtida ba’zi kishilar kompaniyada bir o‘zlari ishlamasliklarini unutadilar.

Bo‘lim yoki kompaniya samarali bo‘lishi uchun o‘zingizni mas’uliyatli, aqlli, tashabbuskor, atrofdagi narsalarga befarq bo‘lmagan xodimlar bilan “o‘rab olish” kerak. Albatta, ularga yaxshi haq to‘lash va insonlarga xos munosabatda bo‘lish zarur. Biroq bunday yondashuv tezkorlik bilan natijalarga ta’sir qiladi.

15. Mas’uliyatni o‘z qo‘lingizga oling

Aynan o‘zingiz hayotingiz uchun mas’uliyatli ekaningizni tushunish vaqti keldi. Qancha ko‘p qarorni mustaqil ravishda qabul qilsangiz, sodir bo‘layotgan voqelarni nazorat qilib, ularga o‘zgartirish kiritishingiz oson bo‘ladi.

Biror narsani noto‘g‘ri qilib qo‘ysangiz ham kimnidir ayblash uchun vaqt ketkazmaysiz. O‘zingizni qo‘lga olib, kamchiliklarni to‘g‘rilashga kirishasiz. Bu ishsiz o‘tirganga qaraganda ancha samaraliroq.

16. Chekinmang

Maqsadingizga erishish uchun sizga qat’iyat va sabr kerak. Muvaffaqiyat ish va biznesda kuzatiladi, biroq u salbiy vaziyatlarda ham maqsad sari intilgan odamlarga yor bo‘ladi.

Chekinsangiz, kutilmaganda boshingizga yog‘ilgan boylikni tutib qololmaysiz. Shuning uchun chekinmang.

17. Bor imkoniyatdan foydalaning

Muvaffaqiyatning siz nazorat qilishingiz mumkin bo‘lgan asosiy elementi bu  -  unga erishish uchun qilingan harakat hajmi. Agar kam harakat qilayotgan bo‘lsangiz, maksimal natijani kutish yaramaydi. Yodingizda bo‘lsin, taqa uni tuyoqqa qoqib, mehnat qilinganidagina baxt keltiradi.

Manba: Kun.uz