Sumka xarid qilishga otlanishdan avval ushbu maqolani o‘qib chiqing va yil bo‘yi aynan qanday modellar urfga kirishidan xabardor bo‘ling.
Yumaloq shakldagi yelkaga osiladigan sumka
Modalar haftaliklarida oy shaklini eslatadigan yangi turdagi sumkalar paydo bo‘ldi. Ularni Victoriya Beckham, Michael Kors, Mansur Gavriel kabi dizaynerlar namoyish etdi.
Ryukzak
Bir necha mavsumdan buyon ryukzak urfdan chiqmayapti, u eng qulay trend ekanligini hisobga oladigan bo‘lsa, bu hayratlanarli emas. Shinamgina ayollar ryukzagi jinsi shim bilan ham, ko‘ylak bilan ham mos tushadi.
Katta shopper sumka
Shopper sumka sayohatga otlanganda yoki do‘kon aylanishga chiqqanda, ayniqsa, qo‘l keladi. Bunday modelni ham klassik uslubdagi, ham kundalik kiyimlar bilan tutish mumkin.
Popuklar va gullar
Popukli yoki gulli sumkalar erkinlik kayfiyatini, shuningdek, uyg‘onayotgan tabiat bilan uyg‘unlik hissini taqdim etadi. Bunday sumkalarni taqish uchun xippi uslubida kiyinish shart emas, ular sizning kundalik casual uslubingizga ham mos tushadi.
Yumshoq formadagi sumkalar
Dizaynerlar yumshoq formaga ega qulay sumkalarga e’tibor qaratishni tavsiya etmoqda. Siz charmdan yoki zamshdan ishlangan variantni tanlashingiz mumkin. Bunday sumkalar sig‘imdor va qulay bo‘lish bilan birga, zamonaviy ko‘rinishga ham ega.