Kutilmaganda mehmon kelib qolganda yoki choy bilan ichish uchun tezda nimadir tayyorlash kerak bo‘lganda mazkur bananli keks sizga asqotadi. Uni tayyorlash juda oson bo‘lishiga qaramasdan, keks juda mazali bo‘lib chiqadi.
Zarur masalliqlar:
- 2-3 dona banan;
- 1 stakan shakar;
- 1 choy qoshiq iste’mol sodasi;
- 100 gramm margarin;
- 1 stakan un.
Tayyorlanishi:
- Duxovkani 180 darajagacha qizishi uchun yoqib qo‘yamiz.
- Bananlarni po‘stlog‘idan tozalab, sanchqi bilan ezamiz.
- Tuxumni shakar bilan qorishtirib, ezilgan bananni qo‘shamiz va mikser bilan yaxshilab aralashtiramiz.
- Margarinni eritib, keyin sovutilgan margarinni bananli aralashmaga qo‘shamiz va yana yaxshilab ko‘pirtiramiz.
- Soda va unni qo‘shib, hammasini yaxshilab ko‘pirtiramiz.
- Qolipga o‘simlik yog‘idan surib, xamir yopishmasligi uchun biroz un sepamiz. So‘ngra xamirni unga quyib, duxovkada 40-50 daqiqa davomida pishiramiz.
- Tayyor keksni ta’bga qarab bezatish mumkin.
Yoqimli ishtaha!