Bilasizmi?

Ayol haydovchilar bor edi, endi ayol inspektorlar ham bor

Toshkent shahridagi Yo‘l-patrul xizmatida birinchi marta tajriba tariqasida ikki qiz inspektor vazifasida ishlay boshladi.

IIBB buni sharhlar ekan, inspektor qizlar Toshkent markaziy vokzali va Islom Karimov nomli Xalqaro aeroport yo‘llarida xizmat qilayotganini bildirdi. Agar bu tajriba o‘zini oqlasa, YPHda inspektor qizlarni uchratishimiz odatiy holga aylanadi.

Hozir inspektor qizlar tajribali hamkasblaridan svetofor ishlamaganda yo‘l harakatini boshqarish, yo‘ldagi tiqinlarni hal qilish kabi vazifalarni o‘rganmoqda.

Chet mamlakatlarda nozik jins vakillari yo‘l harakatini tartibga solishi holatlari ko‘p uchraydi. Ular xizmatni erkaklardan kam uddalamaydi. Ayrim ruhiyatshunoslarning fikricha, protokolni ayol kishi tuzsa, qoidabuzar haydovchi qattiq xijolat bo‘ladi.