Ayol salomatligi va go‘zalligini ifoda etuvchi muhim belgilardan biri – bu sochlar. Ushbu go‘zallikni ushlab turish maxsus parvarishni, ma’lum qoidalarga rioya qilishni talab etadi.
Muammoning tub ildizini aniqlash – unga yechim topishni osonlashtiradi. Xo‘sh, soch nega ko‘p to‘kiladi? Sochning ko‘p to‘kilishi organizmda kasallik borligini bildiradi: infeksion va xronologik kasalliklar, ichki sekresiya bezlari, jigar, me’da-ichak yo‘li a’zolari a’zolari faoliyatining, yog‘ ajralishining buzilishi, vitaminlar yetishmasligi, nerv sistemasi kasalliklari, boshning soch qismi terisiga zamburug‘lar yuqishi yoki asabiy kechinmalar, o‘ta charchash oqibatida soch to‘kiladi.
Bunday holatlarda: dermatolog yoki kosmetologga uchrashish; soch to‘kilishiga sabab bo‘layotgan kasallikni aniqlash va bartaraf etish; sochlarni to‘g‘ri parvarish qilish o‘ta muhim.
Shu o‘rinda, sochlarni to‘g‘ri parvarish qilishda ko‘mak beradigan bir nechta oddiy maslahatlarni ulashamiz:
[dropcap type="circle"]1[/dropcap] Sochni yuvgach, sochiq yoki ro‘mol o‘rab qo‘yish salomatlikka zarar: bu bosh terisi yoki miya qobig‘i shamollashiga, boshda doimiy og‘riqlarning paydo bo‘lishiga olib keladi. Chunki sochni issiq suvga yuvganda bosh terisi isib bug‘lanadi. sochni yumshoq sochiq bilan artib, xona ichida yaxshilab quritish lozim. Chunki bug‘lanish ochiq havoda bo‘lsa, soch tez quriydi;
[dropcap type="circle"]2[/dropcap] Shamshod, yong‘oq, tut daraxtlaridan tayyorlangan taroqlar bilan taralsa, soch elektrlanmaydi va kamroq to‘kiladi. Cho‘tkali taroqda taralganda esa soch elektrlanadi (ayniqsa, quruq soch bo‘lsa, kuchli elektrlanadi), natijada tarayotgan paytda soch tolasi tez-tez uziladi, ko‘proq to‘kiladi;
[dropcap type="circle"]3[/dropcap] Soch kalta bo‘lsa, ildizidan, uzun bo‘lsa, uchidan boshlab tarash kerak
[dropcap type="circle"]4[/dropcap] Soch mayin bo‘lishi uchun yomg‘ir yoki qor suvini isitib yuvish foyda beradi;
[dropcap type="circle"]5[/dropcap] Yog‘li sochni juda tez-tez yuvish yog‘ ajralishini tezlashtiradi. Buni bartaraf etish uchun tegishli shampunlardan foydalangan yaxshiroq;
[dropcap type="circle"]6[/dropcap] Kepaklanishni bartaraf etish uchun sochni lavlagi suviga chaying, kepaklar yo‘qolib, soch muloyim bo‘ladi;
[dropcap type="circle"]7[/dropcap] Changda ishlaganda ro‘mol o‘rash, cho‘milayotganda rezina qalpoq kiyish Shuningdek, har bir kishining o‘z tarog‘i bo‘lishi kerak va boshqalar tarog‘idan foydalanish mumkin emas;
[dropcap type="circle"]8[/dropcap] Sochni qattiq bog‘lash, tortib o‘rash, og‘ir va tor bosh kiyim kiyish, tarang qilib turmaklash, uzoq muddat parikda yurish – sochni mo‘rtlashib to‘kilishiga olib keladi. Parik bosh terisini siqib, sochga havo tegishini qiyinlashtiradi va oqibatda soch to‘kiladi. Shu sababli mazkur zararli odatlarni tark etgan ma’qul;
[dropcap type="circle"]9[/dropcap] Oftob, shamol, sho‘r suv, chang ta’sirida, shuningdek, sovuq va keskin harorat o‘zgarishlari tufayli soch rangsizlanib, xira tortadi, quruq va mo‘rt bo‘lib qoladi.
[dropcap type="circle"]10[/dropcap] Sochlarni mustahkamlash uchun organizmning umumiy ahvolini yaxshilash, ochiq havoda ko‘proq yurish, badantarbiya yoki sport bilan shug‘ullanish, ovqatlanish va uxlash tartibiga rioya qilish lozim.
Soch haqida gap ketganda, xalq o‘rtasida tarqalgan bir odatni eslash o‘rinlidir: ko‘p ota-onalar qalinlashsin, deya farzandlarining sochlarini tez-tez tagi bilan oldirib turishadi. Ammo bolalar sochini tez-tez oldirish, ustarada qirdirish sochni qalinlashishiga yordam bermaydi.