- Qovurishdan 15-20 daqiqa oldin baliq yuzasiga ozroq limon sharbatidan sepib olsangiz, ta’mi yanada xushxo‘r bo‘ladi.
- Agar baliq marinadlashda konservalangan bodring suvidan foydalaning. Ortiqcha tuzlab o‘tirmaysiz.
- Sho‘rva tayyorlayotganda baliqni qaynab turgan suvga solish lozim. Shunda ko‘rinishini yo‘qotmaydi.
- Kichik ko‘rinishdagi baliq yuzasidan bir-ikkita kesim hosil qilib, so‘ng qovursangiz, bo‘linib ketmaydi.
- Yirik baliqlarni bo‘laklarga ajratishdan oldin 10 daqiqa sovuq suvda ushlab turing. Shunda oson ajraladi.
- Baliq yog‘da qizarib pishishi uchun qovurishdan oldin sochiq yoki qog‘oz salfetkaga artib olish lozim.
- Yog‘li baliqni nordon ta’mli sous bilan tortiq qilgan ma’qul. Masalan, limon sharbati qo‘shilgan sous.
- Baliqdan tayyorlangan taomlarni bodring, pomidor, barra ko‘katlar va limon bo‘lagi bilan bezatgan ma’qul.
- Agar marinadlash chog‘i baliq juda sho‘r bo‘lib ketsa, xatoni to‘g‘irlash uchun quyidagi usulni sinab ko‘ring. Avval baliqni sovuq suvda chaying. So‘ng un va tuxum atalasiga bilab, yoqqa solasiz.
Manba: Darakchi.uz