O‘zbekiston fuqarosining eski namunadagi biometrik bo‘lmagan pasportining amal qilish muddati uzaytirildi. Vazirlar Mahkamasi 30 iyun kuni shu haqdagi qarorni imzoladi, deya xabar qildi Adliya vazirligi rasmiy Telegram-kanalida.
Qarorga ko‘ra, biometrik bo‘lmagan pasportining amal qilish muddati:
mamlakat hududida 2019 yil 31 dekabrga qadar;
chet el hududida pasportning amal qilish muddatiga qadar uzaytirildi.