Bilasizmi?

Bir og‘iz so‘z bilan mazali ichimlikni muxayyo qiluvchi shisha idish va boshqa yangiliklar

Amerika Qo‘shma shtatlarining Las-Vegas shahrida o‘tkazilgan ko‘rgazmada Life-Fuyels deb nomlangan yuqori texnologiyalarga asoslangan smart – shisha idish namoyish etildi. NEVSru.somning habarida qayd etilishicha, ushbu shisha idish buyruq asosida insonlarga foydali va mazali ichimliklarni o‘zi tayyorlab berish imkoniyatiga egadir. Unga ko‘ra, shisha idishga avval suv quyiladi. So‘ngra qopqoq ichidagi maxsus teshiklarga turli xildagi ta’m beruvchi qo‘shimchalar joylashtiriladi. Ichimlik ichish uchun blutouth orqali displeyga buyruq beriladi. Shisha idish buyruqqa ko‘ra, qulupnayli, kokosli, apelsinli, shaftolili ichimliklarni o‘zi tayyorlab beradi. Simsiz ishlaydigan mazkur uskuna ikki kunda bir marotaba quvvatlantirib olinadi. Kompaniya rahbariyatining so‘zlariga ko‘ra, yaqin kunlarda xaridorlar “Layf-Fuyels” smart shisha idishlarini bemalol sotib olish imkoniga ega bo‘ladilar. Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘n xil turdagi shirin ichimliklarni tayyorlab beradigan mazkur yuqori texnologiyali idishning narxi 195 AQSh dollari miqdorida belgilangan.

                             ***

images

“Boing” aviakontserni yangi loyiha ustida ish olib bormoqda. Unga ko‘ra, samolyot saloni dizayniga o‘zgartirish kiritilib, layner shifti butunlay ekranlashtirish rejalashtirilmoqdalar. Kontsern rahbariyati bergan ma’lumotlarga ko‘ra, shiftdagi ekran orqali yo‘lovchilar parvoz qilayotgan mamlakat haqidagi turli xildagi ma’lumotlar hamda go‘zal tabiat manzaralari aks etib turadi. Shuningdek, kunduzi parvoz qilayotgan yo‘lovchilar boshlari uzra moviy osmon, tunda parvoz qilayotganlar esa yulduzdi osmonni tomosha qilish imkoniga ega bo‘ladilar.

horij matbuoti asosida D.Mirxodiyeva tayyorladi