Kutubxona

Bo‘lajak kuyovni kim tanlaydi?

— Yoshim yigirma uchdaIkki oycha oldin menga og‘iz solgan sovchilardan biriga rozilikberishdiYigit ota-onamgaqarindosh-urug‘larimga juda ma’qulUlarning qistovibilan men ham taqdirga ko‘ndimManaunashtiruv arafasidamizBiroq endiko‘ngilsizlikdan qiynalyapmanAvvalokuyovning tashqi ko‘rinishi yoqmadiQolaversato‘yoldi uchrashuvlarni boshqacha tasavvur qilardimBalki o‘ta xayolparastdirman... Uham bee’tibordek tuyulyaptiOta-onamning ra’yi bilan oila quribbir umr afsusdao‘tishdan cho‘chiyapmanKelajakda baxtli bo‘lishim uchun qanday yo‘l tutishim kerak?

Zebo

Kuyovni kim tanlagani ma’qulAlbattaikki yoshning tanlovi ixtiyoriy bo‘lishi kerakBiroq qiz bola doim ham o‘z hissiyotlarini aniq-tiniq anglay olmaydiShu ma’noda ota-ona tajribasiga quloq tutgan ma’qulRuhshunos Shahnoza XALILOVA bilan«kundaligi»mizga yangi mavzuni yozamiz.

Kutil(ma)gan o‘zgarishlar

Hayotda hamma narsa ham qat’iy bir yo‘riqnomaga asoslanganda uning qizig‘i bo‘lmasdi. Shu ma’noda bizning rejalarimiz kutilmaganda boshqacha tus olishi tabiiy hol. Muhimi, har bir vaziyat va tanlov qarshisida turganimiz mahal mas’uliyatni to‘liq zimmamizga ola bilishimizdir. Ayni paytda sizning ichki dunyoingiz va ong ostida o‘zgarishlar yuz berayapti. Balki shu paytgacha barcha talab va takliflarga «Іa», «Xo‘p», «Roziman» deya javob qaytargandirsiz. Endi esa ikkilanish paydo bo‘layapti. Bu yaxshi, albatta. Chunki ota-onangizga qanchalik ishonmang va ular sizni qanchalik ishontirishmasin, oila qurish, o‘zaro munosabatlar borasida mustaqil fikringiz shakllanayapti. Savol tug‘iladi: ota-onaning tanloviga qarshi chiqish kerakmi? Yo‘q. Ularning fikrini hurmat qilish va o‘rganish lozim. Qat’iy yo‘q deyish yoki taqdirga ko‘nib «Xo‘p bo‘ladi» dasturi bilan ish ko‘rish ham yaramaydi. Axir, gap sizning taqdiringiz ustida ketayapti.

Yigit ota-onaga ma’qul bo‘lsa...

Bizning zamonamizda ota-ona o‘zi tanlagan yigitga qizining oyoq-qo‘llarini bog‘lab uzatib yuborishi... Bunga nafaqat ishonish qiyin, balki yuz berishi mumkin bo‘lmagan holat hamdir. Yo‘q, deyishga shoshmang. Bosim ostida, majburlov, qat’iy shartlar asosida ko‘ngilsiz turmush qurishlar ham uchrab turadi. Ammo bu o‘rinda ham gap yoshlarning mas’uliyatdan qochishi, o‘z meniga ega egamasligidadir. Xo‘sh, siz taqdiringizni bog‘lashingiz mumkin bo‘lgan inson (ota-onangiztanlagani emasumuman yigitlar)ga o‘z talablaringiz bormi? Qanday yigit bilan oila qurishni istaysiz? Birinchi o‘rinda siz uchun nima muhim? Munosabatlarni qanday tasavvur qilasiz? Bu savollarga oydinlik kiriting. Rozilik berilgan yigit esa ota-onangizning talablariga javob bergan. Atrofingizda girdikapalak bo‘lishi, quchoq-quchoq gullar, orzudagi uchrashuvlar, oliftanoma ko‘rinish — bular qaysidir ma’noda rol o‘ynashi mumkin,ammo o‘ta hayotiy zarurat emas.

U nega e’tiborsiz?

Uchrashuvga chiqqanda orzu-xayollar chilparchin bo‘lgach, kayfiyatingiz tushib ketishi tabiiy. Natijada yigit bilan yaqindan tanisha olmaysiz. Aslida, qizlarga yigit haqida ma’lum bir xulosaga kelish uchun uch uchrashuv kifoya, deydi mutaxassislar. Keling, chegaralamaymiz. Yaxshisi, unashtiruv arafasida turgan yigitning ko‘ngliga qo‘l solib ko‘rishingizni tavsiya qilamiz. U bilan uchrashuvga chiqqanda siz ham to‘nni teskarib kiyib, o‘z qobig‘ingizga o‘ralib olmasligingiz kerak. Avval neytral mavzuda gap boshlang. Darrov chuqurlashmang. Bolalik, qiziqishlar, o‘ziga xos prinsiplari, sekin-asta, maqsadlar, tuyg‘ular, oilaviy hayotga munosabatini bilib olish mumkin. Muhimi, u sizga qalbini ochadi. Siz unga. Shunda oila qurish masalasiga ikkingizda ham xayrixohlik kuchayadi.

Unutmang, biror qaror qabul qilayotganda faqat hissiyot yoki aqlning o‘ziga suyanish noto‘g‘ri. Ikkisining uyg‘unligida bir xulosaga kelinsa, oxiri baxayrbo‘ladi.

Sizga baxt va muhabbat tilab...

DUGONANGIZ

Manba: Darakchi.uz