Oliy ta’lim muasasalarida test sinovlarini ochiq va shaffof o‘tishini ta’minlash maqsadida xalq ta’limi va oliy ta’lim muassasalarining 4500 nafardan ortiq rahbar va pedagog kadrlarini guruh nazoratchilari sifatida jalb etish rejalashtirilgan (2017 yilda 81 ming 611 nafar).
Tasdiqlangan dislokatsiya bo‘yicha 60 ta (2017 yilda 1080 ta)binoda 1063 ta (2017 yilda 21765 ta) guruhlar test o‘tkazish talablari asosida tayyorlandi, deb yozadi Kun.uz.
Davlat test markazi va Davlat feldegerlik xizmati tomonidan test materiallarini joylarga yetkazish va olib kelish rejasi ishlab chiqildi.
1–15 avgust kunlari:
- Test sinovlari o‘tkazilishi belgilangan binolarni talab darajasida tayyorlash, yong‘in xavfsizligi choralarini ko‘rish, binolarga shaxs xavfsizligiga tahdid qiluvchi buyumlar va ashyolar olib kirilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
- test materiallarini hududlarga yetkazish va qaytarib olib kelish, ularning daxlsizligini ta’minlash, xavfsizlik choralarini ko‘rish, jamoat tartibini saqlash;
- shahar yo‘lovchi transportini o‘z vaqtida va uzluksiz qatnovini ta’minlash, harakat xavfsizligini qat’iy nazoratga olish;
- abituriyentlarning ota-onalari uchun soya-salqin joylar, o‘tirish o‘rindiqlarini tashkil etish, sanitariya va epidemiologiya markazi nazoratidan o‘tgan salqin ichimliklar va sifatli oziq ovqat mahsulotlari savdosini tashkil etish tadbirlari belgilandi.