Salomatlik

Buyragingizda tosh bo‘lsa...

— Buyragimda tosh borligini aytishganida 35 yoshda edim. Ketma-ket davolansam ham toshlar butunlay chiqib ketmasdi. Og‘riqdan ko‘zimga hech nima ko‘rinmay qolgan kunlarda nima taklif qilishsa, rozi bo‘ladigan darajaga yetdim. Shunda bir tanishim g‘alati retsept haqida aytib berdi.

Unga ko‘ra mayizning cho‘pini olib tashlab, o‘rniga yumaloq murch donasini joylash kerak ekan. So‘ng birinchi kuni bir dona mayizni yaxshilab chaynab yeyiladi. Ikkinchi kuni ikkita, uchinchi kuni uchtagacha yetkazilardi. «Shu tariqa 10 ta murchli mayizni yeb bo‘lgach, bir kun dam olib, teskarisiga hisobni davom ettirasiz», dedi. Ya’ni 10 dona mayizdan boshlab, bitta qolgunicha yeyilardi. Xullas, shu muolajani sinab ko‘rganimdan so‘ng buyragimda toshlar yig‘ilishi asta-sekin kamaydi. Keyin bilsam, mayiz murch bilan birga yeyilganda buyrakdagi har qanday turdagi toshni maydalab, tozalar ekan.

Hilola Usmonova, Farg‘ona viloyati

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi