Kerakli masalliqlar:
Xamir uchun 1. Un 2. Tuxum - 5 dona. 3. Ichimlik sodasi - choy qoshiq uchida. 4. Salat yog‘i
Qiyom uchun 1. Suv - 1 stakan 2. Sun’iy asal - 1 stakan 3. Shakar - 2 stakan
Tayyorlanishi:
Tuxum yaxshilab atalanib, choy sodasi qo‘shiladi. Tayyor massadan xamir qoriladi.
O‘qlog‘ini olib, xamir yana teng ikkiga uzunasiga bo‘linadi. Uzun ikkita tesmalarni 1,5-2 sm. qalinlikda kesiladi. Kesilgan tesmachalar qizib turgan yog‘da qovurib olinadi. Rangi ixtiyoriy.
Qiyom tayyorlash: Suv shakar bilan aralashtirilib, gazga qo‘yilib, qaynatilinadi. Yetilishiga yaqin asal solinadi. Pishgan tesmachalarni qiyom bilan aralashtirib, kerakli shakl beriladi.
Yoqimli ishtaha!
Manba: Beka.Uz