Bilasizmi?

Chilla jaziramasidan qanday saqlanish mumkin?

Shaharda chillani sog‘lig‘imizga zarar keltirmagan holda qanday o‘tkazish mumkin? Bu borada mutaxassislar quyidagicha maslahat beradi.

1-maslahat

Organizmdagi suv almashinuvi individual ravishda tartibga solinadi. Suyuqlik qabul qilishni ataylabdan oshirish shart emas. Asosiysi, o‘z organizmingizga quloq soling. Yilning issiq davrida ayollarga 2-2,5 litr, erkaklarga 3 litrdan ko‘proq suv ichish tavsiya etiladi. Har qanday suyuqlikni kichik qultum bilan iching. Gazlangan shirali ichimliklarni ovqatlanish rejimingizdan istisno qiling. Kuchli sovutilgan suyuqliklarni ham suiiste’mol qilish yaramaydi, yaxshisi, muzdek suvdan ko‘ra, salqin darajaga ega suv iste’mol qilgan ma’qul.

Drinking-Water-615x409

2-maslahat

Tez-tez dush qabul qiling. Bir kunda kamida ikki marta cho‘milish maqsadga muvofiqdir. Biroq, yodda tuting, suv darajasi sovuq emas, iliq bo‘lishi lozim. Aks holda, organizmingizga nafaqat stress, balki shamollash ham orttirasiz.

3-maslahat

Tabiiy matolar – paxta, ipak kabi gazlamalardan to‘qilgan kiyimlar kiying. Ular terni yaxshi singdiradi va butun kun davomida o‘zingizni qulay his qilishga yordam beradi.

4-maslahat

Soat 12:00 dan 16:00 gacha bo‘lgan davrda quyosh ayniqsa faol bo‘ladi. Bu paytda quyoshning to‘g‘ri nurlaridan saqlanish zarur. Mabodo ko‘chaga chiqishingiz zarur bo‘lib qolsa, SPF-faktorli himoya kremi haqida unutmang. Aks holda, terida dog‘lar paydo bo‘lishi mumkin.

5-maslahat

Garderobingizni quyoshdan himoya qiluvchi ko‘zoynaklar, yozgi bosh kiyimlari, sharflar bilan to‘ldiring va ularni butun mavsum davomida taqing.

Naomi-Campbell-for-Dolce-Gabbana-Animalier-2011-Collection-2

6-maslahat

Qizlar uchun maxsus maslahat – yuzga ko‘p kosmetika surmang. SPF-faktorlarga ega bo‘lgan mavsumiy kosmetologik vositalarni tanlang, tonal kremni pudraga, lab bo‘yog‘ini esa lab uchun maxsus yaltiroq quyuqlikka (blesk) almashtiring.

7-maslahat

Abituriyentlar uchun maxsus maslahat – ertalab va kechqurun dars qilishga harakat qiling. 13:00 dan 15:00 gacha dush qabul qilish va mizg‘ib olish tavsiya etiladi. Bosh dam olgach, dars samaraliroq bo‘ladi.

student_revising_1421443c

8-maslahat

Yosh ota-onalar uchun maxsus maslahat – farzandizngiz bilan kunduzgi vaqtda emas, ertalabki yoki kechki salqinda sayr qilish tavsiya etiladi. Agar to‘polonchi bolangiz ko‘chaga oshiqsa, yopiq maydonchalarga boring.

Farzandingizni chiniqtiring: sovuq suvga botirilgan va yaxshilab siqilgan sochiq yordamida massaj qiling.

Vannaga bolangiz to‘pig‘ini yopadigan darajada sovuq suv soling va uni qo‘ltig‘idan tutib suvda yurgizing. Bunday suv davolashlari venalarning varikoz kengayishidan aziyat chekadigan ayollarga ham foydalidir.

p1033006221-3

9-maslahat

Qariyalar uchun maxsus maslahat – o‘zingizga e’tiborli bo‘ling. Bu paytda yurak-tomir kasalliklari xavfi ortadi.

10-maslahat

Ovqatlanishga e’tibor bering. Bu yil ro‘za oyi chilla davriga to‘g‘ri keldi. Shuning uchun saharda yaxshi ovqatlanib, iftorlikka esa yengilroq taomlar iste’mol qilish tavsiya etiladi. Kechqurun menyudan manti, norin kabi xamirli va boshqa yuqori kaloriyali ovqatlarni  istisno qiling. Yaxshisi, qaynatib pishirilgan taomlar va salatlar iste’mol qilgan ma’qul.

Ratsionga mevalarni albatta kiriting. Ularni asosiy ovqatdan 1—1,5 soatdan keyin tanovvul qiling.