Oshxona

Choyga turkcha pechene tayyorlaymiz

Og‘izda erib ketuvchi ushbu mayin pecheneni kechki choy vaqtida iste’mol qilish mumkin. To‘yimli bo‘lgani uchun nonushta o‘rnini ham bemalol bosadi. Har bir xonadonda uchraydigan oddiy va kam miqdordagi mahsulotlardan tayyorlanadigan turk pechenesi sizga manzur bo‘ladi degan umiddamiz.

Zarur masalliqlar:

  • 2 stakan un
  • 200 g margarin
  • 3-4 osh qoshig‘ida shakar
  • 4-5 osh qoshig‘ida smetana yoki qatiq
  • 1 osh qoshig‘ida yumshatgich (razrixlitel)
  • 1 osh qoshig‘ida vanillin

Yuziga sepish uchun:

  • shakar upasi
  • kokos qirindisi

DSC_0068-615x461

Tayyorlanishi:

1. Margarinni qirg‘ichdan o‘tkazib olamiz.

DSC_0074-615x461

2. Un, yumshatgich va vanilinni qo‘shib, uvalanuvchi xamir holiga kelgunicha, yaxshilab aralashtiramiz.

DSC_0076-615x461

3. Aralashmaga shakar va smetanani ham qo‘shib, qattiqqina xamir qoramiz.

DSC_0084-615x461

4. Xamirni tezroq qotishi uchun ikki bo‘lakka bo‘lib, sovutkichga qo‘yamiz.

DSC_0086-615x461

5. Sovutkichdan olib, xamirni 1 smcha qalinlikda yoyamiz va turli shakllar kesib olamiz.

DSC_0088-615x461

6. Shakllarni duxovka listiga terib, 150 darajada qizdirilgan duxovkada 20-30 daqiqa davomida pishiramiz.

DSC_0090-615x502

7. Pishib chiqqach, pechenelarni kokos qirindisi va shakar upasi aralashmasiga botirib olamiz.

DSC_0094-615x461

Turkcha pechenemiz tayyor. Yoqimli ishtaha!

Manba: Daryo.uz