Do‘lana mevalarining tarkibida 20 foiz qand, 8 foiz yog‘, flavonoidlar, xolin, atsetilxolin, oshlovchi moddalar, karotin, S vitamini, organik kislotalar kabi moddalar mavjud. O‘zbekiston sharoitida o‘sadigan do‘lananing ba’zi turlarida V1, V2, RR, S, Ye vitaminlari borligi aniqlangan.
Do‘lananing bir hovuchi iste’mol etilsa, nafaqat kishini kun bo‘yi tashnalik va ochlikdan asraydi, balki unga yaxshi kayfiyat, bardamlik va quvvat ham hadya etadi. Shu boisdan bo‘lsa kerak, do‘lanani lotin tilida "gratas" (kuchli) deb ataydilar.
- 20 gramm do‘lananing mevasidan olinib, 200 ml qaynoq suvga solinadi (qopqoqli emal kastryulga) va past olovda 15 daqiqa qaynatib, sovugach, suziladi. Qaynatmadan50-100 gramm asabiylashganda, qon bosimi ko‘tarilganda va yurak atrofida og‘riq paydo bo‘lgan holatlarda ichiladi.
- Ikki osh qoshiq quritib maydalangan do‘lana gulini emal kastryulkaga solib, ustiga 200 ml qaynoq suv quyib, past olovda 10 daqiqa qaynatiladi. Sovigach,suzib olinadi va kuniga 3 mahalovqatdan oldin bir osh qoshiqdan ichiladi.
- Do‘lana mevasidan xonaki qiyom tayyorlash uchun 25 gramm do‘lana mevasi ustiga 200 ml qaynoq suv quyib, quyulguncha qaynatiladi. hosil bo‘lgan qiyomsimon moddadan kuniga uch mahal ovqatdan so‘ng 40 tomchidan ichiladi.
- Shakarli do‘lana qaynatmasi issiqdan hosil bo‘lgan bosh og‘rig‘ini davolashda yaxshi foyda beradi.
- Do‘lana me’yorida yeyilsa, qon qusish, ichdan qon ketish hamda qayt qilishni to‘xtatadi, belni baquvvat qiladi, oyoqdagi og‘riqni oladi.
- Do‘lanani och qoringa iste’mol qilmaslik kerak, chunki u ichakni qisib (spazm) qayt qildiradi.
- Do‘lana iste’mol qilgandan keyin ustidan sovuq suv ichish mumkin emas, aks holda u oshqozon-ichak sanchig‘i (kolit)ga sabab bo‘lishini unutmang.
- Do‘lanani ortiqcha iste’mol qilish buyrakka zararli bo‘lib, oshqozon-ichakni zaiflashtirib, kolit, ko‘ngil aynishi, qayt qilishni paydo qiladi.
- Do‘lanadan tayyorlangan qaynatma, damlama, qiyom, preparatlari bilan faqat shifokor maslahati va nazorati ostida davolanish lozim.
Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi