Kickstarter platformasida ekologik shimlarni ishlab chiqarish uchun pul yig‘uvchi loyiha paydo bo‘ldi. Loyihaning videotaqdimotini Mashable nashri e’lon qildi.
LYeZÉ loyihasi yaratuvchilarining ma’lum qilishicha, ular dunyodagi eng qulay shimni yaratishgan. Karen va Tani Lining so‘zlariga ko‘ra, ofis shimlari juda xunuk va noqulay, shu sababli ular ushbu shimlar o‘rniga uning muqobilini taqdim etmoqda.
«Pochasi baland bo‘lgan shimlar» qayta ishlangan plastik, spandeks va qahva donlaridan ishlangan bo‘lib, «yaxshi cho‘ziladi, yoqimsiz hid va namlikni» o‘tkazmaydi. Uning har bir juftini yaratish uchun 14,5 dona plastik butilkasi kerak bo‘ladi.
Manba: Daryo.uz