Oshxona

Ekler tayyorlaymiz

Xamiri qaynoq suvda qorilib, ichi mazali krem bilan to‘ldiriladigan ushbu pishiriq oilangizning barcha a’zolariga birdek ma’qul kelishiga shubhamiz yo‘q. Shirinlikka o‘zingiz istagan shaklni berishingiz va ta’bingizga mos krem bilan to‘ldirishingiz mumkin.

Zarur masalliqlar:

xamiriga:

  • 1 stakan suv
  • 1 stakan un
  • 100 g margarin
  • 1 chimdim tuz
  • 4—5 ta tuxum

kremiga:

  • 1 banka quyultirilgan sut (qaynatilgani)
  • 100 g margarin

Tayyorlanishi:

Idishga, suv, margarin va tuzni solib, olovga qo‘yamiz.

20150901_170446

Margarin erib, suv qaynab chiqqach, olovdan olamiz va un qo‘shamiz.

20150901_170735

O‘rtacha olovda aralashtiramiz. Xamir quyuq holga kelgach, idishni olovdan olib, 5—10 daqiqa sovitamiz.

20150901_170941

So‘ng tuxumlarni bittadan solib, qoshiq bilan yoki mikser yordamida yaxshilab aralashtiramiz.

20150901_172010

Hamma tuxumlar birma-bir solingach, xamir suyuqroq ko‘rinishga keladi.

20150901_172704

Listga biroz suv purkab, ustidan qog‘oz to‘shaymiz. Ustiga xamirni qoshiq yoki uchi teshik maxsus xaltacha yordamida o‘zimizga yoqqan shaklda qo‘yib chiqamiz.

20150901_173448

Eklerlarni dastlab 210 darajagacha qizdirilgan duxovkada 15 daqiqa davomida pishiramiz, so‘ng haroratni 16 darajagacha tushirib, yana 15 daqiqaga qoldiramiz. Oxirida duxovkani umuman o‘chirib qo‘yib, yana 10—15 daqiqa kutamiz.

20150901_181450

Ungacha kremni tayyorlab olamiz. Buning uchun 1 banka qaynatilgan quyultirilgan sutni xona haroratida yumshab turgan 100 g margarin bilan mikser yordamida aralashtiramiz.

20150901_174545

Tayyor eklerni olib, yonidan cho‘p yordamida teshamiz va ichiga krem solamiz. Bunda shprits yoki maxsus qandolatchilik qopchasidan foydalanish mumkin.

20150901_181841

Ekler tayyor. Yoqimli ishtaha!