Kutubxona

Erkakka ayollik yordamini bermang! Yoki???

Har bir inson hayotida qiyinchilik bo‘lishi mumkin. Xoh ayol bo‘lsin, xoh erkak bo‘lsin berk ko‘chadalik fikri qurboniga aylanganlar nechta... Turmush o‘rtog‘i, akasi, otasi shu kuyga tushsa ayol nima qilishi lozim deb o‘ylaysiz?

Avvalo qanday yordam berish kerak emasligini tushunib olaylik! Judayam ko‘p ayollar erlar qiynalgan paytlarda o‘tayam faollikni va fidoiylikni namoyon qilishadi. Stress holatiga tushgan ayol uchun bu tug‘ri yo‘ldek bo‘lib ko‘rinadi. Ammo qanchalik ko‘p er uchun o‘ylasangiz va erkak uchun ishlasangiz uning shunchalik harakatini susaytirgan bo‘lasiz.

1. Erkak o‘rniga ishlab yordam berish niyatingiz va maqsadingizdan keching! Agar vaziyat judayam og‘ir va siz ishlamasangiz bo‘lmasagina moddiy ehtiyojni qondirish uchun vaqtincha ishga chiqing. Masalan, erkak kasal bo‘lib shifoxonada yotgan bo‘lsa. Boshqa hollarda fahatgina erkak kishi ish topgach ishlash niyatingizni bildiring. Ishlash niyatingiz nima uchunligini o‘zingiz uchun bilib oling. Ishlashingiz ko‘p diplomingiz borligi uchun, yoki zerikkaningiz uchun bo‘lishi kerak emas. Ayniqsa, farzandlaringiz uyda yolg‘iz qolishi bilan ishlashni uziga ep ko‘rgan ayolning ishdan oladigan ehtiyoji yolg‘iz xavfda o‘tirgan tarbiyasiz televizorga qaram bolani keladagini oqlarmikan? Siz ishonchingizni va ichki kuchingizni oilaga emas, o‘zga rahbar va o‘zga korxonaga berar ekansiz uyga, tarbiyaga biror kuch qoldimikan?

2. Eringizni ishga joylovchi insonga aylanmang! Xotini, singlisi, onasi, opasi bu erkak uchun ish qidirsa unga boshka biror inson ishonarmikan? Rahbarlarga shu o‘rinda maslahat: xotini, onasi, opasi, holasi, ammasi o‘rtaga tushgan "erkak"ni ishga olmang! Negaligini aniq tushunib olgandirsiz?! Erkak kishi o‘z ayoliga raxm kuzi bilan qarashi lozim. Oriyati yo‘k erkak sizning korxonangiz uchun ham koyinmaydi, yuz foiz! O‘zi gaplashsin! O‘zi javobgarlikni bo‘yniga olsin! Erkakning o‘zi. O‘zi!

3. ERKAK QARZINI TO‘LAMANG! Erkak kishi o‘z aqli va farosati bilan qarzga kirdimi, sizning farosatingiz bu muammoni yechish uchun kirmasligi shart! Erkaklar ishiga aralashmang! Ayniqsa, ularning qarzi masalasiga xech aralashish mumkin emas! Ipotoka kreditini ham to‘lashda sherik bo‘lmang! Erkakga xech qachon pul bermang! Xech qachon, hatto, ustama pul tugib turishi uchun ham pul bera ko‘rmang! Bu erkak va ayollik chegarasini yo‘kolishiga sabab bo‘lib, er-xotin, opa-uka, ota va qiz munosabatini buzadi!

4. Vahima uchog‘iga aylanmang! Qanchalik havotir va vahimaga berilsangiz shunchalik erkak kishi uchun hissiyotdan uzoqlashish maqsadini ko‘yib berasiz!

5. Erkakga ko‘rsatkich barmog‘ingizni o‘qtalib "sen kimsan-ki!","menga nima qilib quyding!" degan ayblovlardan iborat musiqangizni yig‘ishtiring. Rizqingiz shu hozircha. Osmonning eshiklari katta ochilishi uchun nolimang, tergamang, tarbiyasiz bo‘lmang! Qachon kredit to‘lashni, svet va gazga to‘lashni o‘rganishi uchun unga ko‘rsatma bermang.

QANDAY YoRDAM BERAMIZ ERKAKKA?

1. Tinchlaning! Erkak kishi kuch tuplashiga biroz vaqt kerak. Bu vaqt ichida siz sabrlirok bo‘lib olasiz. Miyasi ishlashi uchun avvalo g‘urur kosasi to‘lib, kibr kosasi to‘lishi shart! Shu payt ichida sizning sabringiz rivojlanib shukronaga aylanishi shart!

2. Keraksiz harj qilmang! Ekonomist degan kasb egasiga aylanmang, ammo, keraksiz isrofgarchilik va uvol bo‘lishi harjlarini va sarflarini qilmang! Eng zarur ehtiyojlaringizni ayting va keraksiz harajatlarni qisqartiring!

3. Mustaqil ravishda baxtli bo‘lish sirini o‘rganing! Aytaylikki, erkak yong‘inni o‘chirish bilan band deylik. Uni sizga ishi bo‘ladimi? Albatta yo‘k! Siz haqingizda o‘ylash ham uning ko‘ngliga sig‘mayapti-yu! O‘zingizni shu muammo ichida yagona muammoga aylantirmang! Yong‘inda siz ham qo‘lga aylanasiz! Sabr! Sabr! Sabr! Rizqingiz ichida sabr uchun joy ko‘p ajratiladi demak, sabr ilmini o‘rganish uchun olg‘a! UNDA QANDAY YaShAYMIZ! Erkakka yordam berish baxtsizlikku! Pul bo‘lmasa, gaz to‘lanmagan, ipoteka tugib yotibdi, yana bu psixolog tinchlan desa-ya!

IJODKORLIK IQTIDORINGIZNI NAMOYoN QILING!

Bollaringiz oldida erkakni uyaltirib so‘ng ishlatib bo‘lmaydi. Yaxshisi yo‘k joydan shirin ovqat, bolta sho‘rva, yangi imidjli kiyim kabi vazifalaringizga shung‘ing. Farzandlar bilan birga futbol o‘ynang! Basketbol, voleybol, g‘o‘za yig‘ish, tomdagi shiferni yamash kabilarga bosh bo‘ling. Musiqa quying. Hursandchilik bor eshikka baraka kirarmish...

IShONING!

Ug‘lingizning maktabdagi yutug‘i bilan fahrlaning! Nolimang! Nolimang! Nolimang! Qizingizni oyok kiyimi kichrayib siznikini kiyib olganiga hursand bo‘ling. Demak, sog‘ o‘syapti! Siz ishonmasangiz qo‘shningiz kelib ishonib ketsinmi?

HOY, MALIKA, ERINGIZNI YaNA OMADI KELIShIGA IShONING..,

Hammasi oson va tez bo‘lmaydi. Bibixonim ham qancha ish qilganu, sultoni kelgunicha. Ana tarixdan so‘rang, onangizdan emas, qo‘shnidan emas, tarixdan so‘rang bir!

JUDAYaM YoRDAM BERGINGIZ KELSA, eringiz uyingizni erkagi rozi bo‘lgan qism ulushnigina o‘z zimmangizga oling.

Va alohida aytaman, ushbu xatoni qilmang hatto ajrashish lozim bo‘lsayam ushbu xatoni qilmang:

ERKAK BILAN OLIShMANG, DUShMANLAShMANG, AYBLAMANG, YoMON KO‘RMANG!

Agar shu xatoni qildingizmi nafrat paydo bo‘ldimi, sizni xech qachon Erkak zoti so‘ymaydi, ug‘lingiz ham, otangiz ham, akangiz ham , ishxonadagi rahbar ham! Duo qiling! Buni yevropada pozitiv fikrlash desa, Affirmatsiya ham deb atab quyishadi. Hakikiy affirmatsiyani momolardan o‘rganing va olg‘a!

Psixolog Zebiniso Ahmedova