Salomatlik

Ertalabki foydali odatlar

Ertalabki odatlaringiz butun kun bo‘yi kayfiyatingiz qanday bo‘lishini belgilaydi. Shuningdek, ular ko‘rinishingiz va salomatligingiz yaxshi bo‘lishiga ham yordam beradi.

Bir piyola suv iching

Mutaxassislar uyqudan turgandan so‘ng bir piyola suv ichishni maslahat beradi, axir tun bo‘yi ancha suyuqlik bug‘lanib, terini tark etadi. Suvga limon bo‘lagini qo‘shsangiz, yanada yaxshi — limon sharbati jigardan toksinlar chiqib ketishini ta’minlaydi, suv esa ushbu shlaklarni yuvib ketadi.

Nonushta qiling

happy-food-5_post_full

Aynan ertalabki ozuqa bizga butun kun uchun quvvat beradi, shu sababli unga jiddiy yondashish zarur. Diyetologlar kunni so‘li yormasi (ovsyanka) bilan boshlashni maslahat beradi. Unda B guruhiga oid vitaminlar ko‘p miqdorda mavjud bo‘lib, ular asab tizimimiz salomatligi, shuningdek teri tozaligi va sochlar qalinligi uchun javob beradi.

Sovuq suvda yuvining

Sovuq suv yuzni tetiklantirib, qon aylanishini yaxshilaydi. Bundan tashqari, sovuq suvda xlor konsentratsiyasi issiq suvdagiga qaraganda kuchsizroq bo‘ladi, bu esa teri uchun foydaliroqdir.

O‘z bioritmingizga quloq turing

107573

Organizmimiz o‘zining ichki soatiga qarab yashaydi va sutkaning turli qismida ma’lum bir protseduralarni turlicha qabul qiladi. Chunonchi, ertalabki 8 da qon aylanishimiz faollikning cho‘qqisiga chiqadi. Teri esa nimaga duch kelsa, o‘shani o‘ziga darhol singdirib oladi va o‘sha paytda allergiyaga moyilligi kuchli bo‘ladi. Shu tufayli ertalab husnbuzarlarni siqish, hammom va sauna qabul qilish taqiqlanadi. Biroq basseynda cho‘milish, aksincha juda foydali bo‘ladi. Bundan tashqari, ozish maqsadida yugurmoqchi bo‘lsangiz, bu ham ertalab ayni muddaodir.

Terini tozalang

Ko‘pchilik terini faqat kechqurun tozalash kerak, kechasi bilan u kirlanishga ulgurmaydi, deb hisoblaydi. Ta’kidlash joiz, teri tuni bilan nafas oladi, yog‘ va namlik ajratib chiqaradi, ularga esa xonadagi turli changlar yopishadi. Biroq terimiz eng ko‘p o‘z ajralmalaridan — o‘lik hujayralardan azob chekadi, ular yuz rangini xira qilib, erta qarishga olib keladi.

Budilnik bilan uyg‘oning

utro

Mutaxassislar fikricha, ertalab budilnik jiringlagach, uni bir necha daqiqa keyinga surib, uxlash organizm uchun umuman foydasiz. Aksincha, bunday paytdagi uyqu bezovta, sifatsiz va samarasiz bo‘ladi. Budilnik bong urishi bilan uyg‘onish odatini rivojlantiring, uxlashga yotishda budilnik millarini har doim bir xil vaqtga qo‘ying.