Bilasizmi?

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy chempionatlari tarixida ilk bor ayol hakam ishlaydi

Pepsi Superliganing 15-tur doirasidan o‘rin olgan “Metallurg” – “Nasaf” uchrashuvini Xasan Ro‘ziyev boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi.

Mazkur o‘yinda bosh hakamga O‘zbekiston milliy chempionatlari yuqori divizioni tarixida ilk marta ayol hakam yordam beradi. Uchrashuvda buxorolik ayol hakam Kristina Sereda qanot hakami sifatida faoliyat olib boradi. Bu haqda O‘zPFL Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lumot uchun, bunga qadar Superliga o‘yinida ayol hakamlar hech ham ishlamagan edi.

“Metallurg” – “Nasaf” Hakamlar: Xasan Ro‘ziyev, Aleksandr Burov, Kristina Sereda, Abdurashid Xudoyberganov. Nazoratchi – Aleksandr Popov. Komissar – Mamur Saidqosimov.