Gemoglobin tana hujayralarini hayot uchun juda muhim bo‘lgan kislorod bilan ta’minlab turadi. Uning kamayishi kislorod yetishmovchiligi, anemiya, tez charchash alomatlari paydo bo‘lishiga olib keladi.
Biz gemoglobin pasayganda muntazam ravishda iste’mol qilish zarur bo‘lgan oziq-ovqatlar ro‘yxatini tuzdik.
1. Holva
Bu shirinlik tarkibida gemoglobin darajasiga ta’sir qiluvchi katta miqdorda temir moddasi mavjud.
2. Go‘sht va kalla-pocha
Bu mahsulotlar zaiflashgan organizm va gemoglobin darajasini qayta tiklash uchun juda muhim hisoblanadi.
3. Quritilgan qo‘ziqorinlar
Muntazam ravishda quritilgan qo‘ziqorindan sho‘rva ichsangiz gemoglobin darajasining pasayish muammosiga yo‘liqmaysiz.
4. Anor
Anorni muntazam ravishda iste’mol qilish gemoglobin darajasini me’yorida ushlab turishga yordam beradi.
5. Lavlagi
Bir oy davomida har kuni 30 grammdan lavlagi sharbati yoki 100 grammdan qaynatilgan lavlagi iste’mol qilinsa gemoglobin miqdori sezilarli darajada ko‘tariladi.
Manba: Daryo.uz