Qaynota-qaynonangiz uchun maxsus!
Zarur masalliqlar: 400 gr. mol go‘shti, 200 ml. smetana, 2 bosh piyoz, 1 osh qoshiq tomat, 1 choy qoshiq un, tuz, murch, o‘simlik yog‘i.
Tayyorlanishi: 1. Go‘shtni 1 sm. qalinlikda o‘rtacha kattalikdagi bo‘laklarga bo‘ling. Bolg‘acha bilan ozgina uring-da, bir barmoq kattaligida kesing.
2. Qizdirilgan o‘simlik yog‘iga go‘shtning yarmini soling. Baland olovda arlashtirib turgan holda 1-2 daqiqa qovuring. So‘ngra qolgan go‘shtni qovurib oling.
3. Piyozni maydalab to‘g‘rab, qovuring. Unni ham qo‘shib, aralashtiring.
4. Qovurilayotgan piyozga smetana, tomat, tuz va much solib, yarim stakan suv ham quying-da, past olovda qaynating.
5. Qovurilgan go‘sht bo‘laklarini ham tovaga solib, bir qaynab chiqqach, qopqog‘ini yopasiz-da, yarim soat dimlaysiz.
6. Go‘shtli qaylani qaynatilgan guruch yoki makaron bilan dasturxonga tortish mumkin.
4 kishilik
1 soatu 20 daqiqa
Manba: Darakchi.uz