Madaniyat

Go‘zal qomat - 10 kun ichida!

Agar har kuni quyidagi mashqlarni bajarsangiz, haqiqatan ham ajoyib natijalarga erishasiz. Buning uchun sizga qattiq, kichik koptokcha va gilamcha kerak bo‘ladi. Mashqlarni tanangizni 5-10 daqiqa davomida qizitib olishdan boshlang.

1. Tizza va kaftlarni yerga qo‘ygan holda, yelkalarga kuch bergan holda ko‘tariling. O‘ng tizza tagiga koptokni siqib oling. Endi esa chap oyoqni tekislang, o‘ngini esa iloji boricha yuqoriga, koptokni siqqan holda ko‘taring. So‘ng ilk holatga qayting. Mashqni 10 marta qaytaring.

2. Yelkaga yotib oling, oyoqlarni ko‘tarib, tizzalarni to‘g‘riga qaratgan holda buking. Qo‘llarda koptokni ushlagan holda yuqoriga tortib ko‘taring. Endi bosh va yelkani ozroq ko‘targan holda koptokli qo‘llarni avval o‘ngga, so‘ng chapga yo‘naltiring. Mashqni 15 marta bajaring.

3. Bir tekisda turib, koptokni ikki qo‘lingiz bilan ushlagancha ko‘krak oldiga keltiring. Chap oyoq bilan oldinga qadam tashlab, sal engashing. Butun tana og‘irligini chap oyoqqa tashlab, o‘ng oyoqni orqaga bo‘ksaga qarab buking, qo‘llarni esa oldinga yo‘naltiring. Bu mashєni 10 marta takrorlang.

4. Tizza va kaftlarni yerga qo‘ygan holda qo‘llarni katta oching. O‘ng qo‘l bilan koptokning ustidan ushlab, qo‘lni sal oldinga qo‘ying. O‘ng oyoq uchini polga tirang. Chap oyoqni buking. Egiling va bir paytning o‘zida chap oyoqni ko‘tarib orqaga yo‘naltiring. Koptokni boshqa qo‘lga olib, mashqni 10 marta qaytaring.

5. Yelkaga yoting. Oyoqlarni buking va tizzalar orasida koptokni siqing. Qo‘llar ikki yonda tursin. Poldan qo‘zg‘almagan holda koptokni yaxshilab siqib ushlab tizzalarni avval o‘ngga, so‘ng chapga eging. Mashqni 15 marta qaytaring.

Manba: «Sug'diyona» gazetasi