Bilasizmi?

Har bir kishi o‘zi uchun qilishi kerak bo‘lgan 10 ta harakat

1.To‘g‘ri odamlar bilan vaqt o‘tkazishni boshlang.

2.Bular sizg‘a qiziq bo‘lgan va sizni sevib, hurmat qiladigan insonlardir. Ular maqsadingizga erishishda sizni ruhlantirishadi, quvvat bag‘ishlashadi va qo‘llab-quvvatlashadi. Ular nafaqat ayni damda qanday bo‘lsa boringizcha qabul qilishadi, qolaversa nima bo‘lgan taqdirda ham kim bo‘lib yetishishni istashingizga ishonishadi.

2. Sizda allaqachon bor narsalarning qadriga yetishni boshlang.

Ko‘pchiligimizning muammoimiz shundaki, biz ma’lum bir darajaga erishsak, yanada baxtli bo‘lamiz deb o‘ylaymiz. Yanada yuqoriroq, obro‘liroq. Bu darajaga atrofimizdagi odamlar erishishgan bo‘ladi: alohida xonada o‘tiradigan sizning rahbaringiz, do‘stingizning dengiz bo‘yida dang‘illama uyi bor do‘sti va boshqalar. Afsuski, biz bir lahzada istagan narsamizga erisha olmaymiz. Barcha maqsadlarga erishib bo‘lgach esa, yana erishmoqchi bo‘lgan yangi daraja paydo bo‘ladi.

Natijada butun umr keyingi va yangi bosqichga chiqish uchun shoshilasiz va intilaverasiz. Endi erishgan va egalik qilayotgan narsalaringiz haqida o‘ylashga va ular ustida to‘xtalishga vaqt bo‘lmaydi. Shu sababli bir lahzaga bo‘lsa ham ayni paytda erishgan narsalaringiz anglab yetish va baho berish uchun bir lahaga bo‘lsada to‘xtashni unutmang.

3. Hayotingizdagi eng ahamiyatsiz voqealarning yoqimli va yaxshi tomonlariga e’tibor berishni boshlang.

Har doim katta va ahamiyatli voqeani, ya’ni to‘y, farzandning tug‘ilishi, lotoreyada yutuq chiqishi, promo-aksiyadan foyda olish va kelajakda yashashning o‘rniga, har kuni siz bilan sodir bo‘ladigan vaziyatlarda baxt izlashni boshlang. Bular ko‘zga tashlanmaydigan narsalar – kun davomida quvvat va faollik beradigan erta tongdan bir finjon xushbo‘y qahva ichish bo‘lishi mumkin.

Ko‘chadan kelganingizda his etadigan uyda tayyorlangan taomning ajoyib ta’mi va xushbo‘y hidi. Yaqin insoningiz bilan o‘zingiz uchun qadrli va yoqimli bo‘lgan narsani bo‘lishish hissi. Bu sizga qadrli bo‘lgan inson qo‘lining qo‘lingizga tegishidir. Har kuni kichik lazzatni payqash oddiy hayotingiz yanada ajoyib va baxtli bo‘lib boraveradi.

4. Har kuni katta maqsadingiz uchun hech bo‘lmaganda bitta kichik qadamni bosing!

Ming kilometrlik safarlar ham kichik qadamdan boshlanishini unutmang. Nima haqida orzu qilsangiz ham istagingiz amalga oshishi uchun har kuni mayda qadamlarni bosishni boshlang. Ko‘pchiligimiz allaqachon nimaga erishishni istayotganimizni qaror qilamiz, faqat ayrimlar maqsad sari haqiqatan ham har kuni nimadir qilishadi.

5. O‘z hayotingiz uchun to‘liq mas’uliyatni o‘zingizga olishni boshlang.

Sizning barcha xatolaringiz va harakatlaringiz – faqat shaxsiy tanlovingizning natijasidir. Vaziyatni yaxshilash uchun kerakli harakatlarni qo‘llashga tayyor bo‘ling. Esda tuting: yoki o‘z hayotingiz uchun mas’uliyatni o‘z bo‘yningizga olasiz yoki buni kimdir bajaradi. Agar bu sodir bo‘lsa, maqsadingi sari borishning o‘rniga ularning g‘oyalari va rejalarining quliga aylanasiz. O‘z hayotingizni bevosita nazorat qilish mumkin bo‘lgan isnon bu o‘zingizdir. Bu doim ham oson bo‘lmaydi.

Har bir inson to‘siqlarga duch keladi. Lekin siz har qanday vaziyat uchun mas’uliyatni o‘zingizga olishingiz va bu to‘siqlarni yengib o‘tishingiz zarur. Tanlov oson bo‘lmaydi, lekin doim u sizning chekingizga tushadi.

6. Yoningizda bo‘lgan insonlarga yordam berishni o‘rganing.

Odamlar haqida qayg‘uring. Agar ular uchun yaxshiroq va xavfsizroq yo‘lni bilsangiz, ularni yetaklab boring. Qanchalik ko‘p boshqalarga yordam bersangi, ular ham ko‘proq sizga yordam berishni istashadi. Sevgi va yaxshilikdan sevgi va yaxshilik dunyoga keladi. Bu haqda unutmang.

7. Ichki ovozga quloq solishni boshlang va ichki sezgiga ishoning.

Agar bu siz uchun muhim bo‘lsa, o‘z g‘oyalaringizni yaqinlaringiz bilan muhokama qiling, lekin ichki sezingizga e’tiborsizlik qilmang va unga qarab ish tuting. O‘zingiz bilan sofdil bo‘ling. Aytish kerak bo‘lgan gaplarni gapiring. Yuragingiz istagan ishni qiling.

8. O‘zingiz va o‘zgalarni kechirishni boshlang.

Biz o‘zimizning noto‘g‘ri qarorlarimiz sababli azob chekamiz yoki boshqalarning harakatlari sababli xafa bo‘lamiz. Bunday og‘riqli tashvishlar tabiiydir, ba’zida ular uzoq muddatga cho‘ziladi. Biz yana va yana bu og‘riqlarni boshdan o‘tkazamiz va qiyinchilik bilan qo‘yib yuboramiz. Kechirish - bu dori.

Bu o‘tmishni o‘chirib tashlash va sodir bo‘lgan voqeani unutish degani emas. Bu shunchaki ozor, xafagarchilik va og‘riqlarni qo‘yib yuborishingiz kerakligini anglatadi. Sodir bo‘lgan vaziyatdan xulosa chiqarish, uni tajriba sifatida qabul qilish va oldinga harakat qilish kerak. Xafagarchiliksiz yorqin hayotda yashang.

9. Maqsadlaringiz va g‘oyalaringining amalga oshishiga imkon bering.

Siz hech qachon g‘oyalaringiz amalga oishishiga 100 foiz ishonch hosil qilmaysiz. Lekin agar hech narsa qilmasdan, shunchaki orzu qilsangiz, amalga oshmasligiga 100 foi ishonch hosil qilishingiz mumkin. Vaqtingizning ko‘p qismida maqsadingiz yo‘lida nimadir qilishingiz kerak. Bunday nima qo‘lga kiritilishi muhim emas. Barchasi aynan qanday bo‘lishi kerak bo‘lgan tarzda yakunlanadi. Har qanday holatda ham agar doimiy harakat qilinsa, si yoki maqsadga erishasiz, yoki yangi tajribani qo‘lga kiritasiz. «win-win» tamoyili – mag‘lublar yo‘q!

10. Doim o‘z hayotingizdagi yangi qadamga tayyor ekanligingizga ishoning.

Siz tayyorsiz. Buni esda tuting! Yana bir katta bo‘lmagan, lekin haqiqatan mavjud qadamni qo‘yish uchun hozir nima zarur bo‘lsa, barchasi sizda bor. O‘z hayotingida barcha imkoniyatlarni ishga soling va muammolar va qiyinchiliklarni rivojlanishingizga yordam beradigan taqdirning tuhfasi sifatida qabul qiling

Xurshida Xonim