Madaniyat

Hech qachon urfdan qolmaydigan kiyim-kechaklar

Shunday kiyimlar borki, ular hech qachon modadan chiqmaydi va deyarli hammaga mos keladi. Shunday buyumlarning bir nechtasi bilan tanishing.

Camel rangli palto

Albatta, palto tanlashda qomatning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olmasdan iloj yo‘q. Ayni holatda modada doimiy o‘zgarmaydigan birdan-bir tomoni faqat rangigina qoladi.

Yashil va och jigarranglar ba’zi qoidalarga rioya qilishni talab qiladi: agar sizda qizarishlar yuz berib tursa, unda yashil tuslar ularni faqat kuchaytiradi, juda och rangli ustki kiyimlar esa oqishdan kelgan terini yanada oqartirib ko‘rsatadi, shuningdek ular tez kirlanishga moyil bo‘lishadi.

Qum ranglar (yoki uni camel rangli deyish odat tusiga kirgan), bilan esa ishimiz ancha osonlashadi!

Poshnali qora lodochkalar

Yashash tarzimiz qanday bo‘lishidan va poshnasiz tuflilarni qanchalik yaxshi ko‘rishimizdan qat’i nazar, garderobda albatta klassik uslubdagi lodochkalar uchun joy bo‘lishi kerak!

Ular sizni kechalarda, teatrga, to‘yga yoki uchrashuvga borganda qutqarib qoladi!

Qora — eng har tomonlama rang. Lekin biz shkafda ikki juft: qora va och jigarrangli lodochka tuflilarni saqlashni maslahat beramiz.

Kashmiri sviter

Qulay va issiq bo‘lgan kashmiri sviter — bir umr o‘z aktualligini yo‘qotmaydigan kiyimlardan biri hisoblanadi.

Biz ularni allaqachon jinsilar bilan ham, uzun ko‘ylaklar va sarafanlar bilan ham kiyishga ulgurdik.

Agar siz hali bunday sviterlarni tanlamagan bo‘lsangiz, quyidagi qoidalarga rioya qilishingizni tavsiya qilamiz: aylana yoki V-shaklda o‘yilgan yoqa deyarli hammaga, baland yoqa esa faqat bo‘yni uzun qizlarga yarashadi.

Oq futbolka

Unchalik katta bo‘lmagan bezakli yoki ixcham chiziqli oq futbolkalar har qanday qiyofalarni ham stilli qila oladi. Oddiy bichimda va ko‘zga tashlanmaydigan rangda bo‘lsa ham sizga o‘zgacha ko‘rinish bag‘ishlaydi.

Futbolkalarni iloji boricha tez-tez almashtirib turing. Afsuski, oq rangning o‘ziga xos xususiyatlari bor: qo‘ltiq osti sohasi sarg‘ayadi, uning ustida esa qoramtir kiyimlarning izi qoladi.

Manba: Daryo.uz