Homiladorlik

Homilador ayolning ovqatlanish tamoyili

Homilaning to‘g‘ri va sog‘lom rivojlanishida homilador ayolning foydali ovqatlanishi muhim o‘rin egallaydi.

  • Ko‘p emas, turli xil ovqatlanish kerak. Olma qanchalik foydali bo‘lmasin, lekin faqat uni yeyish bilan organizmga kerakli moddalarni yetkazib bo‘lmaydi. Har bir mahsulotning o‘zining o‘rni va foydasi bor. Homilador ayol mahsulotlarni har xilidan har kuni iste’mol qilishi kerak.
  • Boyitilgan mahsulotlarni yeyish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bo‘tqalar, meva va sabzavotlar vitamin va minerallarga boy bo‘ladi.
  • Kuniga kamida 1000-1300 mg kalsiy moddasiga boy mahsulot yeyish shart (pishloq, sut va sut mahsulotlari).
  • Temir moddasiga boy mahsulotlar kuniga kamida 27 mg temir moddasi bilan homilador ayolning organizmini qoplashi zarur. Temir moddasiga qizil go‘sht mahsulotlari boy bo‘ladi.
  • Yod moddasi homilaning miya va asab tizimini to‘g‘ri rivojlanishi uchun muhim hisoblanadi. Yod moddasiga boy mahsulotlar (dengiz hayvonlari va balig‘i)ni yoki shifokor tavsiya etgan yod preparatini muntazam ravishda qabul qilish talab etiladi.
  • Vitamin S ga boy mahsulot har kuni iste’mol qilinishi zarur. Vitamin S ga apelsin, qulupnay, papaya, brokkoli, bulg‘or qalampiri, pomidor, kivi boy hisoblanadi.
  • Vitamin A ga boy sabzi, qovoq, ismaloq, o‘rik yeyish kerakligi haqida ham unutmaslik lozim.

Manba: Uzbaby.Uz