Bu maqolada homiladorlik davrida nimalarni yeyish mutlaqo mumkin emasligi shuningdek, qaysi oziq-ovqatlardan o‘zini tiyish ma’qulligi va qaysilarini cheklash kerakligi to‘g‘risida aytmoqchimiz.
Homiladorlikda iste’mol qilish mutlaqo mumkin bo‘lmagan oziq-ovqatlar
— Spirtli ichimliklar. Ularni iste’mol qilish bolangiz sog‘lig‘i va o‘sishiga tuzatib bo‘lmaydigan darajada salbiy ta’sir qilishi mumkin.
— Xom go‘sht, baliq. Ular listeriya bakteriyalari tomonidan qo‘zg‘atiladigan listerioz kasalligi manbasi bo‘lishi mumkin. Bu juda xavfli kasallik. Uning hatto juda yengil shakli ham bola tushishiga, o‘lik tug‘ilishiga olib kelishi mumkin.
— Xom tuxum, qaynamagan sut va ulardan qilingan har qanday mahsulotlar salmonellez manbai bo‘lishi mumkin. Bu kasallik homiladorlarda ham ona uchun va ham bola uchun og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lishi mumkin.
— O‘rmon qo‘ziqorinlari. Tabiat qo‘ynida o‘sadigan qo‘ziqorinlar atrof-muhitdagi hamma zaharli moddalarni o‘z ichiga to‘plab oladi.
O‘zini tiyish ma’qul bo‘lgan oziq-ovqatlar
— Fast-fud yeguliklari. Bu ovqatlarning asosiy zarari shundaki, ular kaloriyani va vaznni oshirishdan boshqa hech qanday foyda keltirmaydi.
— Har qanday gazli ichimliklar. Hamma gazli ichimliklar tarkibi karbonat angidrid gazi (CO2)dan tashkil topgan. Bu gazning pufakchalari me’dada yoriladi. Bu esa o‘z navbatida kekirish, zarda va qorin damlashini keltirib chiqaradi.
— Qovurilgan ovqatlar – bu jigar va buyrakka qo‘shimcha og‘irlik yuklaydi. Uglevodlarga boy mahsulotlarni qovurish davomida akrilomid kanserogen moddasi paydo bo‘ladi. Bu moddaning to‘planishi bola bosh miyasi rivojlanishining o‘zgarishiga olib keladi.
— Pishloqning mog‘orli turiga kiruvchi rokfor, gorgonzola va yumshoq pishloqlardan bri, kamambera. Ularning tarkibida listeriy bakteriyalari bo‘lishi mumkin.
Manba: Daryo.uz