Bilasizmi?

"Homiladorligimni sir tutdim..."

– Uch xaftalik homilam bor. Mutahassisligim bo‘yicha xususiy firmaga ishga joylashayapman. Ish beruvchiga homiladorligim haqida aytmadim. Bir necha oylardan so‘ng farzand kutayotganim ma’lum bo‘lsa, bu haqda ogohlantirmaganim uchun ishdan bo‘shatishmaydimi?

Gulnoza, Toshkent viloyati

–Mehnat kodeksiga asosan ayolning homiladorligi ma’lum bo‘lgan taqdirda ham ish beruvchi uni ishga qabul qilishni rad etishga haqli emas. Ishga joylashganingizdan keyin farzand kutayotganingiz oshkor bo‘lsa ham ish beruvchi faqat shu sabab tufayli siz bilan tuzilgan mehnat sharnomasini bekor qilishi mumkin emas.

Manba: Darakchi.uz