Ichaklarda tananing hamma a’zolari bilan o‘zaro aloqa qiluvchi trillionlab bakteriyalar yashaydi. Oxirgi yillarga kelib olimlarga ichaklar bizning salomatligimizga qanday ta’sir ko‘rsatishi aniq bo‘ldi.
Ma’lum bo‘lishicha, hazm qilish tizimi ko‘pgina a’zolarning sog‘lig‘iga javob berar ekan — teridan tortib to buyraklargacha. Balki hamma gap bakteriyalarda bo‘lishi ham mumkin.
-
Ichaklar terini buzishi mumkin
Toshmalar, quruqlik, sho‘ralash teriga zarar yetkazadi va uning tashqi ko‘rinishini buzadi. Bu holatlar hazm qilish tizimidagi muammolardan darak beradi. Boshqa ko‘pchilik a’zolar singari teri ham ichaklardagi kamchiliklarni sezishi mumkin va toshmalar esa — eng keng tarqalgan reaksiya.
-
Ichaklar miya faoliyatiga ta’sir qiladi
Miya ichaklarga bog‘liq emasdek tuyuladi. Lekin aslida bu a’zolar bir-biriga ta’sir ko‘rsatadi.
- Ichak hujayralari ko‘pgina jarayonlarga ta’sir qiluvchi kayfiyat garmoni deb ataluvchi serotonin gormonini ishlab chiqaradi.
- Ichak mikroflorasi sitokinlar — miyaga ham ta’sir qiluvchi immun tizimining oqsillarini ishlab chiqishda qatnashadi.
- Ichaklardagi mikroblar gematoensefalik to‘siqqa ta’sir qiluvchi modda ishlab chiqaradi. Oddiyroq qilib aytganda, bu miyani qondagi zararli elementlardan himoya qiluvchi miya va qon tizimi orasidagi filtr hisoblanadi.
-
Ichaklar immunitetga ta’sir qiladi
Immun tizimining katta qismi ichaklarda joylashgan, shuning uchun hazm qilish tizimining faoliyati butun tanaga ta’sir ko‘rsatadi.
Ichaklar faoliyatining yaxshi ishlamasligi astma, migren, allergiya va hatto autoimmun kasalliklariga ham olib kelishi mumkin.
-
Ichaklar buyraklarga ta’sir qiladi
Buyraklar va yo‘g‘on ichak organizmdagi suv va tuz muvozanatini tartibga solishga yordam beradi. Shuningdek buyraklar tanani ichaklar orqali qonga o‘tishi mumkin bo‘lgan suvda eruvchi zaharli moddalardan tozalash bilan shug‘ullanadi.
Shuning uchun, agar shilliq ichaklar shikastlansa, bu buyraklarga ham zarar yetkazishi mumkin. Bularning hammasi surunkali buyrak yetishmovchiligigacha rivojlanuvchi yallig‘lanish jarayoniga olib kelishi mumkin.
Manba: Daryo.uz