Twitter foydalanuvchisi Jon Bik YouTube'ning 5-Minute Crafts kanalidagi videoga e’tiborni qaratdi, deb yozadi Kun.uz. Unda ignadan ipni osonlik bilan o‘tkazish yo‘li ko‘rsatilgan. Kadrlarda qiz ipni kaftiga qo‘yadi va uning ustidan igna bilan ishqalaydi.
Qator foydalanuvchilar mazkur usulni qo‘llab ko‘rib, o‘z videolari bilan bo‘lishishdi. Ulardan biri bu usulni "xitoycha usul" deb atadi. Rossiyalik Tamara Poblagucheva esa ushbu layfxak ingichka quloqli ignalarga nisbatan ham, kengroq quloqli ignalarga nisbatan ham birdek yaxshi natija berishini ta’kidladi.