Oddiygina yetti qadam butun hayotingizni o‘zgartirib yuborishi mumkin. Ularni hayotingizning mazmun-maqsadiga aylantiring. Bu bor yo‘g‘i bir soat vaqtingizni oladi. Bu ketgan keyingi soatingizni boshqacha qilib yuboradi.
1 qadam Zamonaviy sivilizatsiyadagi giperfaol va noinsoniy bo‘lgan maromdan tabiiy maromni his etish uchun tabiat bag‘riga chiqing.
2 qadam Qog‘oz olib shunday deb yozing: “Hayotimda bir hafta qolgan bo‘lganida nima qilardim?”. So‘ngra savolga javob berish uchun 10 daqiqa ajrating.
3 qadam Endi quyidagicha savol yozing: “Agar umrimdan bir oy qolgan bo‘lsachi?” 10 daqiqa bu savolga ham vaqt ajrating.
4 qadam Savol yozing: “Yashashimga bor yo‘g‘i bir yil qolgan bo‘lsachi?”. Javob uchun 10 daqiqa ajrating.
5 qadam Savol yozing: “Yashashim uchun besh yil qolgan bo‘lsachi?”. Javob berishingiz uchun 10 daqiqangiz bor.
6 qadam Savol yozing: “Yashashim uchun butun bir hayot yo‘li turgan bo‘lsachi?”. Bu savolga javob berishingiz uchun ham 10 daqiqangiz bor.
7 qadam Va qolgan 10 daqiqangizni bergan javoblaringizni o‘qishga bag‘ishlang va o‘zingizga o‘zing shunday savol bering: “Qanday qilib kelgusi haftamni javoblarim singari rejalasam ekan-a?”
Hozir hayot judayam tez va imkoniyatlarga boy. Uni qiyinlashtirib, barchasini to‘g‘ri bajarayapman, deb o‘ylaymiz. Hayotimizda chalg‘itadigan narsalar shunchalik tiqilib yotibdiki, to‘xtab ularga e’tibor qaratishga bizga vaqt yo‘q. Biz boshqa tanlovni tanlashimiz kerak. Biz o‘zimizga nima kerakligini aniq bilishimiz kerak. Biz ma’no-mazmunga to‘la hayot qurishimiz lozim.