Ish

Ish qobiliyatining pasayish sabablari va uni oshirish sirlari

Ishlash va pul topishga bo‘lgan doimiy zarurat ba’zan kishini holdan toydiradi. Oldingizga qo‘ygan barcha vazifalarni bajarish uchun tinmay harakat qilish oqibatida quvvat zahiralaringiz tugay boshlaydi. Bunday zahira esa hammada har xil. Ish qobiliyatingiz pasayib ketgan hollarda ishga borib ishlash haqiqiy jahannamga aylanadi. Bunday hollarda zudlik bilan kuchingizni qayta tiklashingiz lozim.

Ish qobiliyatining pasayish sabablarini ko‘rib chiqsak

  1. Surunkali kasalliklar

Ba’zi surunkali xastaliklar markaziy asab tizimi faolligini tushurib yuboradi. Bu esa uyquchilik, erinchoqlik, parishonxotirlikda namoyon bo‘ladi.

  1. Asab tizimining ortiqcha qo‘zg‘alishi

Tushkunlik, stresslar neyronlar faolligini chalg‘itib, ish qobiliyatingizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi.  Bunga tabiiy fiziologik jihatlar yoki dori vositalarini qabul qilish, qolaversa, qahva yoki choyni haddan ortiq ichish sabab bo‘lishi mumkin.

  1. Qattiq charchash

Yetarli darajada uxlamaslik va noto‘g‘ri tashkil etilgan kun tartibi, ta’tilga chiqmaslik va dam olish kunlari ham ishlash zarurati kishining holdan toyishiga olib keladi.

  1. Uyquning buzilishi

To‘yib uxlamaslik tushkunlik, serzardalik holatini rivojlantirib, umumiy sog‘liqni yomonlashtiradi, immunitetni pasaytiradi.

  1. Psixologik faktor

Ba’zan ish faoliyatining turi ham kishining g‘ashiga tegadi. Moddiy yoki estetik jihatdan qoniqtirmaydigan ish unumdorlikni ham pasaytiradi.

  1. Uglevodlar, jumladan, shirinlik, shakarni ko‘p iste’mol qilish

Ishchanlik qobiliyatini qanday oshirish mumkin?

Ish qobiliyatini oshirish uchun bir nechta choralar majmuasiga amal qilish lozim.

  1. Mavjud xastaliklarni davolash

Agar ish qobiliyati keskin pasayib, surunkali charchoq, uyquchilik, erinchoqlik bilan birga kechayotgan bo‘lsa, endokrin va asab tizimini tekshirtirish lozim. Shuningdek, onkologik xastaliklar ham davriy og‘riqlar bilan kechadi.

  1. Faol hayotiy pozitsiya
  2. Agar imkoniyatingiz bo‘lsa, faoliyat turingizni o‘zgartiring. Boshqa ishga kiring yoki o‘zingiz uchun sevimli bo‘lgan ishni oching. Ish faoliyati kishiga nafaqat amaliy foyda, balki estetik zavq ham keltirishi kerak. Shunda charchoqni psixologik darajada yengish mumkin bo‘ladi.
  3. Agar ishchanlik qobiliyatingiz psixologik faktor tufayli pasaygan bo‘lsa, oldinga qarab harakat qilishga nimadir xalaqit berayotgan bo‘lsa, psixologga murojaat qiling. Unga muammolaringiz haqida so‘zlab bering va kerakli tavsiyalarni oling.
  4. Sport bilan shug‘ullaning

Jismoniy faollik - barcha sohalardagi hayotiy faollikning muhim tarkibiy qismidir. Mustahkam sog‘lik, qon aylanish tizimining yaxshilanishi va organizmning zarur miqdordagi kislorod bilan ta’minlanishi stressga qarshi kurashishga yordam beradi.

  1. Me’yorni biling! Haddan ortiq ko‘p mehnat qilish asta-sekinlik bilan asab tizimi va jismoniy zahiralarning zo‘riqishiga olib keladi. Dam olish kunlarini hordiq chiqarish va o‘z ravnaqingiz uchun sarflang, ta’tillarni turli shaklda o‘tkazishni rejalashtiring.
  2. Taym-menejment bilan shug‘ullaning!

Ishlar va vazifalaringizni maksimal darajada samarali rejalashtiring. Bu ishingizdagi ustunliklarni to‘g‘ri taqsimlash imkonini beradi.

  1. Ratsioningizga ahamiyat bering

Klechatkaga boy mahsulotlar, mavsumiy meva-sabzavotlarni iste’mol qiling. Fastfudlardan butunlay voz keching. Uglevod miqdorini esa kamaytiring. Dengiz mahsulotlaridan ko‘proq iste’mol qiling.

Maqolani tayyorlashda internet manbalaridan foydalanildi.