Kutubxona

Jamalak taqishning foydasi

O‘zbek qizlari yoshligidan sochlariga jamalak taqishgan. Jamalak nafaqat bezak, balkim sog‘liq uchun foydali bo‘lgan. Momolar o‘z nabiralariga – jamalak taqsang soching tez o‘sadi va qomating rost bo‘ladi, deb o‘rgatishgan. Jamalak iplari ipak va paxtadan yigirilib, qora bo‘yoqda qaynatiladi. O‘zbek qizlari, odatda, sochlarini qirq tola qilib o‘rishgan va tolalarning har biriga jamalak qo‘shishigan. 40 jamalak sog‘lomlik va go‘zallik timsoli bo‘lgan.

3495837

Manba: Sputniknews-uz.com