Bilasizmi?

Kamqonlikka qarshi kurashda rediska ajoyib ko‘makchidir

– Surunkali charchoq, immunitet sustlashishi hamda kamqonlikka qarshi kurashda rediska ajoyib ko‘makchidir. Kunora 2 tadan rediska yeyishga odatalansangiz, ikki yonog‘ingizga qizillik yugurib, gemoglobin miqdori ortadi.

– Kechki ovqatda yog‘li, qattiq qovurilgan taomlarni rediska qo‘shilgan salat bilan birga iste’mol qilish hazm faoliyatini yaxshilaydi.

– Rediska me’da kasalliklari bilan og‘riganlar uchun ham foydalidir. Tarkibidagi kletchatka oshqozon suyuqligi ishlab chiqarilishini rag‘batlantiradi.

– Avitaminoz yuzaga kelmasligi uchun ko‘klam chog‘i rediskani kanda qilmaslik kerak.

– Bir kunda atigi bir marta rediska qo‘shilgan salat yoki yegulik yesangiz, askorbin kislotasining bir kunlik miqdoriga ega bo‘lasiz.

– Kam kaloriya mahsulot ekanligi sabab parhezdagi xonimlar uchun asqotadi.

– Qandli diabet bilan og‘rigan bemorlar rediskani ko‘proq tanovul qilishlari lozim. Bu poliz ekini tarkibidagi moddalar qonda qand miqdorini me’yorlashtiradi.

– Eng foydasi – rediskadagi fitotsidlar bo‘lib, organizmni chiniqtirishi bilan ajralib turadi.

Manba: Darakchi.uz