Kechki mehmon uchun munosib tuhfa!
Zarur masalliqlar: xamiriga: 250 gr. smetana, 200 ml. quyultirilgan sut, 2 stakan un, 3 dona tuxum, 2 osh qoshiq kakao, 1 choy qoshiq iste’mol sodasi; kremiga: 200 ml. quyultirilgan sut, 200 gr. sariyog‘, yong‘oq.
Tayyorlanishi: 1. Tuxumni smetana bilan yaxshilab aralashtirib, quyultirilgan sutni solib, un va iste’mol sodasi qo‘shing.
2. Xamirni ikki qismga ajratib, bittasiga kakao qo‘shing. Va yog‘langan qolipga solib, 210 darajada qizdirilgan gaz pechiga 20 daqiqaga qo‘ying.
3. Korjlar pishgach, har birini eniga o‘rtasidan ikki bo‘lakka bo‘ling.
4. Xona haroratida eritilgan sariyog‘ni quyultirilgan sut bilan yaxshilab ko‘pirtiring. Korjlar o‘rtasiga kremdan surtib, ularni bir-biriga yopishtiring (1 ta oq, 1 ta qora rangli korj tartibida). Qolgan kremni tort yuziga surtib, maydalangan yong‘oq seping.
8 kishilik.
Tayyorlanish vaqti: 1 soat.
Manba: Darakchi.uz