Hammamiz tunda ovqatlanish zararli ekanligi haqida eshitganmiz. Bu qisman, hazm qilish uyquga ziyon keltirishi mumkinligi tufayli, lekin asosiy sababi vazn to‘planish xavfini tug‘dirishidir.
Oxirgi yillarda olimlar uyqu va vazn orasidagi aloqa haqida ko‘pgina yangi ma’lumotlarni aniqladi. O‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari organizm qachon tetik bo‘lishi va ovqat qabul qilishi kerakligini, qachon — uxlash va o‘zini hazm qilish bilan qiynamaslik kerakligi haqida «xabari bor»ligini ko‘rsatdi. Va organizmni belgilanmagan soatda ovqatlantirish vazn ko‘rsatkichlarida ham salbiy holatda aks etishi mumkin.
Siz kechroq, aytaylik, tungi soat 12 ga yaqin, uxlashingiz lozim bo‘lgan bir paytda ovqatlansangiz, ovqat hazm qilishda ishtirok etuvchi a’zolar, masalan, jigar shoshib qoladi. Ular ozuqa moddalarning bu soatda «oqib kelishi»ga tayyor bo‘lmagani uchun ishlov berish jarayoni unchalik samarali bo‘lmaydi. Bu organizmda ortiqcha yog‘ to‘planishiga yordam beruvchi insulin va qondagi shakar miqdori bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.
Bundan tashqari, tadqiqotlar qoida bo‘yicha kechroq ovqatlanadiganlar (masalan, tungi navbatchilikda ishlaydiganlar) ko‘pincha o‘z vaqtida ovqatlanadiganlarga qaraganda bel sohasi va tana og‘irligi kattaroqligi bilan ajralib turishini ko‘rsatdi.
Nima qilish kerak? Avvalo kechiktirilgan kechki ovqat va tamaddilardan voz keching. Tasdiqlangan fakt: biz qancha kechroq ovqatlanishga qaror qilsak, tanlagan ovqatimiz shuncha yomonroq bo‘ladi. Lekin hatto yarim kechada yeyilgan foydali snek ham normal kechayotgan metabolizmni buzishi mumkin. Hech bo‘lmasa uyqugacha bo‘lgan 2 soat ichida ovqatdan to‘liq voz kechishga harakat qiling, deb maslahat beradi parhezshunos Karolin Sederkuist.
Agar siz kechki ovqat kechroq bo‘lishini oldindan bilsangiz, kaloriyaning katta qismini nonushta va tushlik orasida taqsimlab, yengil ovqatlanish bilan cheklaning.
Manba: Daryo.uz