Oshxona

"Kelinchak" taomi - kamqonlikka davo yegulik!

Zarur masalliqlar: 1,5 kg. kartoshka, 1 kg. mol tili, 100 ml. qaymoq, 2 osh qoshiqdan sariyog‘, un va suv, tuz, murch.

Tayyorlanishi: 1. Mol tilini suvga solib, 2 soat qozonning qopqog‘ini yopgan µolda qaynating. Bir qaynab chiqqach, yuzasidagi ko‘pikni olib tashlashni unutmang.

2. Kartoshkalarni aylana shaklda, 3 mm. qalinlikda to‘g‘rang.

3. Sariyog‘ni past olovda eritib, unni qo‘shing-da, aralashtirib, jigarrang tusga kirguncha qovuring. Keyin mol tilini qaynatgan sho‘rvangizdan 50 ml.cha solib, aralashtirib turgan holda qaynating. Yana 100 ml. sho‘rvani quyib, 2 daqiqa qaynatib, olovni o‘chiring.

4. Qaylaga tuz, murch seplgach, kartoshkani soling-da, yana 15 daqiqa o‘rtacha olovda qoldiring.

5. Mol tilini 1 sm. qalinlikda to‘g‘rang. Keyin kartoshka bilan birga toblama qolipiga soling-da, tuz, murch sepib, qaymoqni ustidan quying. Taomni 180 darajada qizdirilgan gaz pechiga 30-40 daqiqaga qo‘ying.

3 soatu 20 daqiqa

6 kishilik

Manba: Darakchi.uz