Madaniyat

Kipriklarni ko‘paytirish va o‘stirish uchun 3 tavsiya

Kipriklarning uzun va  qalinligi genga bog‘liq. Biroq, tushkunlikka tushmang, dekorativ pardoz vositalari hamda oddiy xalq tabobati yordamida har qanday go‘zallikka erishish mumkin.

  1. Kanakunjut moyiga ikki tomchi A vitamini tomizing va kuniga bir necha marta kipriklaringizga surting. Bu aralashma kipriklarni yaltiratadi va yaxshi o‘stiradi.
  2. Shaftoli va bodom moyi kipriklarning o‘sish jarayonini tezlashitiradi va to‘kilishining oldini oladi.
  3. Kanakunjut va chakamug (repeyniy), vatamin Ye eritmasi moyi hamda aloe sharbatini teng miqdorda qo‘shib, aralashtiring. Hosil bo‘lgan balzamni toza tush idishiga quying. Bu malhamni kipriklaringizga oy davomida har kuni surtsangiz ular qalin va mustahkam o‘sadi. Balzamdan kiprik kasalligining oldini olishda ham foydalanish mumkin.

Manba: Darakchi.uz