Bilasizmi?

Kivining foydalari

Ushbu meva S vitaminiga boy. O‘rtacha kattalikdagi kivi tarkibida 92,7 mg. askorbin kislotasi mavjud. S vitamini kuchli antioksidant bo‘lib, organizmni tez toliqib qolishdan asraydi, immunitetni oshiradi, yallig‘lanish va miyaga qon quyilishi xavfini kamaytiradi.

  • Kivi tarkibidagi V guruhi vitaminlari, ayniqsa, V1 va V2 asab tizimi faoliyatiga ijobiy ta’sir etib, jahlni jilovlashga yordam beradi.
  • Kivi iste’mol qilish kamqonlikning oldini olib, og‘iz va ko‘z shilliq pardalarini himoyalaydi. Bunga sabab tarkibidagi foliy kislotasidir. Homiladorlikka tayyorgarlik va homiladorlik davrida ayollarga kivi yeyish tavsiya etiladi.
  • Sog‘lom odam kuniga 3-4 gr. miqdorda kaliy moddasini qabul qilish kerak. 1 ta kivi esa o‘zida 3 gr. kaliy moddasini jamlagan. Bu yurak-qon tomirlari faoliyati uchun foydali bo‘lib, gipertoniya, uyquchilik, shishlar va mushaklar bilan bog‘liq kasalliklar kuzatilganda foydali.
  • 100 gr. kivi bir kunlik magniyga bo‘lgan ehtiyojingizni 50 foizga qondiradi. Havo ta’siridagi organizmdagi o‘zgarishlar, tutqanoq, asabiylik holatlarida ayni muddao.

Manba: Darakchi.uz