Baliqda ko‘plab foydali moddalar, shuningdek organizm uchun zarur bo‘lgan omega-3 yog‘ kislotalari mavjud. Ular quyidagi foydali xususiyatlarga ega.
1.Yurak kasalliklari xavfini kamaytiradi
Omega-3 yog‘ kislotalari yallig‘lanish darajasini pasaytiradi va surunkali yurak kasalliklaridan himoya qiladi. Shuningdek baliq iste’mol qilish yurak faoliyatidagi yetishmovchilik va yurakning ishemik kasalliklari rivojlanish xavfini qisqartiradi.
2. Tarkibi D vitaminiga boy
Bu vitamin kalsiyni singdirish va suyaklar salomatligi uchun zarur. Ko‘pchiligimiz uni kerakli miqdorda ololmaymiz, shuning uchun baliqni ratsionga kiritish — bu vitamin yetishmasligi oldini olishning eng yaxshi yo‘li.
3. Ko‘rish qobiliyati uchun foydali
Omega-3 yog‘ kislotalari ko‘rish qobiliyatini va ko‘zning umumiy salomatligini yaxshilaydi. Baliq — bunday foydali yog‘larning eng yaxshi manbasi hisoblanadi.
4. Uyquni yaxshilaydi
Agar siz uxlay olmasangiz yoki tunda ko‘p uyg‘onsangiz, tez-tez baliq yeyishga harakat qiling. Uning tarkibidagi ko‘p miqdordagi D vitamini uyqu sifatini yaxshilaydi.
5. Revmatoidli artritni yengillashtiradi
Revmatoidli artrit — bu bo‘g‘imlarning surunkali yallig‘lanishi. Ma’lum bo‘lishicha, baliqni tez-tez iste’mol qilish og‘riqni va bu kasallikning namoyon bo‘lish alomatlarini kamaytiradi.
6. Xolesterin darajasini pasaytiradi
O‘tkazilgan tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, baliq tarkibidagi omega-3 yog‘ kislotalari qondagi lipoproteinlar darajasini pasaytirishga yordam beradi. Bu «yomon» xolesterin ateroskleroz rivojlanishi bilan bog‘langan.
7. Modda almashinuvini tezlashtiradi
Omega-3 yog‘ kislotalari metabolizmga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Tadqiqotlar jarayonida ular tinch holatda ham va jismoniy faollikda ham modda almashinuvini, shuningdek yog‘larning oksidlanishini tezlashtirishi ma’lum bo‘ldi.
8. Qon bosimini pasaytiradi
Agar sizda qon bosimi baland bo‘lsa, ratsioningizga baliqni kiriting. Tadqiqotlar natijalari baliq yog‘i tarkibidagi omega-3 yog‘ kislotalari qon bosimini pasaytirishga yordam berishini ko‘rsatdi.
9. Jigar uchun foydali
Omega-3 yog‘ kislotalari jigardagi triglitseridlar va yog‘ kislotalarini parchalashga yordam beradi va bu bilan jigarda ortiqcha yog‘ to‘planish xavfini kamaytiradi.
Manba: Daryo.uz