Boshqa sohalarga qaraganda ko‘z atrofi sohasidagi teri nozik va quruqligi bilan ajralib turadi.
Ko‘z atrofidagi terining yallig‘lanishi va qichishishi – kam uxlash, charchash va yig‘lash natijasida yoki kosmetik vositalar ta’sirida paydo bo‘lishi mumkin.
Yallig‘lanish va qichishishga yo‘l qo‘ymaslik uchun makiyajni ko‘z uchun maxsus vosita yordamida tozalash zarur.
Qovoqning yallig‘lanishiga damlangan choy va bodringli kompress yoki petrushka va moychechak damlamasi ham yordam beradi.
Ko‘z charchashiga qorachiqni aylanma, o‘ngga va chapga harakatlantirish mashqlari ham yordam berishi mumkin.
Ko‘z tagining ko‘karib turishiga kam uxlash va ko‘p ishlash ham sabab bo‘lishi mumkin. Ko‘z atrofidagi limfa va qon aylanishining buzilishi oqibatida teriga kislorod yaxshi yetib bormaydi va natijada ko‘z tagi terisi ko‘karib qoladi.
Qon aylanishini yaxshilashga sovuq kompreslar ham yordam beradi.
Paketchali qora choyni qaynoq suvga soling va sovigandan so‘ng ko‘zlaringizga 10 daqiqa davomida qo‘yib turing.
Ikkita matochaga 1 choy qoshiqdan tvorog solib o‘rang va ko‘zlaringiz ustiga 10 daqiqa qo‘ying.
Manba: Daryo.uz