Bilasizmi?

“Koinot go‘zali - 2018” tanlov g‘olibi aniqlandi

“Koinot go‘zali” xalqaro go‘zallik tanlovida filippinlik Katriona Gres g‘olib bo‘ldi. Xalqaro tanlovning final bosqichi dushanba kuni Bangkok shahrida bo‘lib o‘tdi.

Ikkinchi o‘ringa Venesuela vakilasi Stefani Guterres sazovor deb topildi.

Xalqaro go‘zallik tanlovi 1952 yildan buyon o‘tkaziladi va dunyodagi eng nufuzli tanlovlardan biri hisoblanadi. Bu yilgi tadbirda dunyoning 94 ta davlat vakillari ishtirok etishdi.