Tibbiyot xodimlari kola organizm uchun zararli ekanligini ta’kidlab keladi. Ammo uyingizda doimo bir-ikki shisha kola bo‘lib turishi zarar qilmaydi, chunki u ro‘zg‘or yumushlarda sizga katta yordamchi bo‘ladi.
Avtomobilning old oynasini muzdan tozalaydi
Avtomobilning old oynasi muz qatlami bilan qoplangan bo‘lsa, uni koka-kola yordamida eritish mumkin. Buning uchun kolani muzlagan yuzaga quyish va bir necha daqiqa kutish kifoya.
Hasharot chaqishi natijasidagi og‘riqlardan xalos qiladi
Kola ari, meduza, chivin chaqishi natijasida yuzaga kelgan qichishish va og‘riqni yengillashtiradi. Agar qo‘l ostingizda maxsus davolovchi dorilar bo‘lmasa, hasharot chaqqan joyga kola suring.
Shishani tozalaydi
Koka-kola tarkibidagi limon kislotasi uni har qanday shishani tozalaydigan ajoyib vositaga aylantiradi. Tozalashdan so‘ng shishani toza nam mato bilan yaxshilab artish zarur, aks holda o‘sha joy yopishqoq bo‘lib qoladi.
Sochga yopishgan saqichni ketkizadi
Sochingizga bexosdan saqich yopishib qolsa, uni kesib tashlamaslik iloji ham bor, buning uchun sochni ichimlik bilan yaxshilab ho‘llang va bir necha daqiqaga qoldiring. So‘ng asta-sekinlik va ehtiyotkorlik bilan saqichni ajratib oling.
Dog‘larni yo‘qotadi
Kola yog‘ va qon kabi ketmaydigan dog‘lardan ham xalos eta oladi. Buning uchun kir kiyimlarni tog‘oraga solib, ustidan kola quying va biroz vaqtga ivitib qo‘ying. So‘ng ularni odatdagidek yuvib qo‘ying.
Zangni ketkizadi
Metall yuzadagi zangni ketkizish uchun uni bir kechaga kola ichida qoldiring, ertalab esa osongina tozalab olishingiz mumkin.
Unitazni tozalaydi
Unitazni odatdagidek tozalashdan avval unga bir banka kolani quying, bu uni yarqiratib tozalash jarayonini ancha osonlashtiradi.
Maqolani tayyorlashda “Xitrosti jizni” nashri ma’lumotlaridan foydalanildi.