Bilasizmi?

Kolbasa tanlaymiz...

Xarid qilishda kolbasaning qadog‘iga, ishlab chiqarilgan sanasi va saqlash sanasiga, hamda tamg‘asiga ahamiyat bering. Qurishib qolgan kolbasaning qadog‘i mahsulotga nisbatan “kattalashib” qoladi. Bu esa mahsulotning ko‘p saqlanganidan darak beradi.

Mahsulot do‘konda qanday holatda saqlanayotganini ham kuzating. Kolbasa mahsulotlarining saqlanishi uchun eng optimal harorat 0 dan 6 darajagacha bo‘lishi kerak. Demak, kolbasa mahsulotlari, albatta, muzlatkichda saqlanishi lozim.

Qaynatib pishirilgan kolbasa mahsulotlari tarkibida suv bo‘lganligi bois, ularni uzoq saqlab bo‘lmaydi.

Pishirib‑dudlangan kolbasaning saqlash muddati – 2 haftadan ko‘p emas.

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi