Kraxmaldan kisel pishirish va puding qilishdan tashqari ro‘zg‘orda universal vosita sifatida ham foydalanish mumkin. U quyidagi ajoyib xususiyatlarga ega:
- Hidlarni singdirib olish. Krossovkalar ichiga kechqurun biroz kraxmal sepib qo‘ying— ertalab yoqimsiz hidlardan asar ham qolmaydi.
- Terini parvarish qilish. Qichishgan yoki hasharot chaqqan joyga kraxmalning suv bilan aralashmasidan surib qo‘ying va batamom quriguncha qoldiring. Bezovtalikdan tezda xalos bo‘lasiz.
- Matolarni mukammal holatda saqlash. Kraxmaldan samarali spreyni o‘zimiz mustaqil ravishda tayyorlashimiz ham mumkin. Buning uchun bir osh qoshiq kraxmal kukunini bir piyola suv bilan aralashtirish, purkagich yordamida shlyapalar, to‘rlar, choyshablarga sepishning o‘zi kifoya.
- Kitoblarga avvalgi ko‘rkam tashqi ko‘rinishini qaytarish. Varaqlar ustiga elak yordamida kraxmal seping va biroz vaqt shunday qoldiring. Ularning o‘ziga xos hidi va yopishqoqligi yo‘qoladi.
- Shishali yuzalarni tozalash. Derazalarni yuvish vositasiga bir choy qoshiq kraxmal qo‘shing. U shishaga avvalgi yaltiroqligini qaytaradi.
- Patli gilamdagi yog‘ dog‘larini ketkazish. Gilamdagi yog‘ dog‘lari ustiga biroz kraxmal seping, bir necha soat shu holda qoldiring, keyin esa changyutkich yordamida tozalab oling.
- Eski o‘yinchoqlarga yangi holatini qaytarish. Agar yumshoq o‘yinchoqlarni yuvishning iloji bo‘lmasa, uni paketga soling, kraxmal seping va bir necha soat shunday qoldiring, keyin esa cho‘tka yoki changyutkich yordamida tozalang.
- Parket polni tuzatish. Poldagi tirqishlar ichiga kraxmal sepib qo‘ysangiz, uzoq vaqtga g‘ichirlash ovozidan qutulasiz.
- Ter hidini yo‘qotish. Qo‘ltiq taglariga avval spirtli vosita suring, keyin esa — kraxmal. Shunda kun davomida teri quruq bo‘lib turadi.
Manba: Daryo.uz