Madaniyat

Kundalik yuz uqalash mashqlari

27-30 yoshdan boshlab yuz alohida e’tibor talab etadi. Kunduzgi va kechki kremlar surtish bilan chegaralanmay, yuzni uqalash mashqlarini ham o‘zlashtiring.

1. Uqalashni boshlashdan oldin, sochlaringizni yig‘ib oling, xalaqit bermasin. So‘ng yuzingizga yoki qo‘lingizga maxsus uqalash moyidan surtib uqalashni boshlang.

2. Ho‘lni ikki yonoqqa qo‘yib, ko‘zlarni yuming-da, pastdan peshanaga qarab yengil aylana harakatlar bilan yuzni uqalang. Bu uqalash mashqini 5 marta takrorlang.

3. Ko‘rsatkich barmoqlarni peshana markazidan ikki chakkaga tomon aylana shaklda harakatlantiring. O‘zingizni bo‘sh qo‘ying, iloji bo‘lsa mashqlarni yoqimli musiqa jo‘rligida bajaring.

4. Endi esa o‘rta barmoq yordamida ko‘z osti va qovoqni uqalang. Harakatlaringizni ko‘z tagidan ikki chakkaga tomon yo‘naltiring. Hovoqlarni ham xuddi shu usulda yengil uqalang. Bu mashqni 6 marta qaytaring.

5. Ikki o‘rta barmoqni birlashtirib, qoshlar o‘rtasidan burunning uchigacha yengil uєalang. Keyin burun atrofi, labning ustki va ostki єismlarini ham uєalaysiz. So‘ng yana yuqoriga xuddi oldingi yo‘nalishda qosh o‘rtasigacha chiqasiz. Mashqni 10 marta qaytaring.

6. Barmoq uchlarini iyakdan quloq tomon yo‘naltirib, nozik aylana harakatlar bilan uqalang. Mashqni 8 marta qaytaring.

7. Ikki qo‘l bilan yuzni yopgan holda ikki yonga, so‘ng pastga bo‘yinga yo‘naltirgan holda uqalang. Va yana shu uslubda yuqoriga qayting. Mashqni 10 marta takrorlang.

8. Yuzni doimiy uqalash qon aylanishini yaxshilaydi, ajinlarni tekislaydi va yangisi paydo bo‘lishining oldini oladi. Yuzni uqalab bo‘lgandan so‘ng iliq suv bilan yuvib, krem surtib qo‘ying. Istasangiz uqalash mashqlarini erta tongda bajaring, istasangiz uxlashdan avval.

Manba: Darakchi.uz