Salomatlik

Kunni iliq suv ichib boshlashimiz uchun 5 ta sabab

Barchaga ma’lumki, inson organizmining uchdan ikki qismi suvdan tashkil topgan. Shuning uchun organizmdagi suv balansini ta’minlab va to‘ldirib borish lozim. Buning uchun kun davomida 1,5 litr suv ichishimiz zarur.

Erta tongda esa och qoringa iliq suv ichish tavsiya etiladi. Qadimgi Xitoy tibbiyotida biz ichadigan suvning harorati tana haroratimizga muvofiq bo‘lishi lozimligi haqida ta’kidlangan.

Shunday qilib, tongda iliq suv ichishimiz uchun 5 ta sabab:

  1. Agar sizni bosh og‘rig‘i tez-tez bezovta qilib tursa, bir stakan suv doridan yaxshiroq yordam beradi. Organizmingizni suv ichishga o‘rgatib olsangiz, bu og‘riqlarning oldini olishingiz mumkin.
  2. Iliq suv qon aylanishini yaxshilaydi, shuning uchun sport bilan shug‘ullanishdan oldin ham suv ichish tavsiya etiladi.
  3. Iliq suv muntazam ichib turilganda, terining holati yaxshilanadi. Bu esa yaqin vaqt ichida yuzingizdagi husnbuzarlarning yo‘qolishiga olib keladi.
  4. Limon qo‘shilgan iliq suv esa organizmdan ortiqcha toksinlarni chiqarib, ozishga yordam beradi.
  5. Iliq suv organizmni kislorod bilan ta’minlaydi, moddalar almashinuvini yaxshilaydi va kishining umumiy holatiga ta’sir qiladi.

Yuqoridagi sabablar tufayli organizmni tongda bir stakan iliq suv ichishga o‘rgatish foydali hisoblanadi. Shunda bir hafta o‘tiboq o‘zingizni sezilarli darajada yaxshiroq his qila boshlaganingizni payqaysiz.

Maqolani tayyorlashda “Ya Happy mama” sayti ma’lumotlaridan foydalanildi.