Zarur masalliqlar: 300 gr. mol go‘shti, 2 tadan baqlajon va bulg‘or qalampiri, bittadan sabzi, qalampir va ko‘k sarimsoqpiyoz, 2 bo‘lak sarimsoqpiyoz, 3 osh qoshiq kunjut yog‘i, 1 osh qoshiq soya sousi, 1 choy qoshiqdan kunjut, limon sharbati va shakar, ko‘katlar, yarim choy qoshiq maydalangan kashnich, tuz, murch.
Tayyorlanishi: 1. Go‘sht, baqlajon, sabzi va bulg‘or qalampirini somoncha shaklida to‘g‘rang.
2. Qizdirilgan kunjut yog‘ida go‘shtni qizarguncha qovuring. Keyin baqlajonni solib, 3 daqiqa qovurishda davom eting. Bulg‘or qalampiri, sabzi va maydalangan sarimsoqpiyoz, qalampir qo‘shing. Tuz sepib, 5 daqiqa olovda qoldiring.
3. Maydalangan ko‘k sarimsoqpiyozni salatga soling.
4. Kunjut yog‘ini limon sharbati va soya sousi bilan aralashtiring. Shakar, tuz, kashnich qo‘shing. Sousni salatga solib, ustiga maydalangan ko‘katlar va kunjut seping.
4 kishilik
35 daqiqa.
Manba: “SUG‘DIYONA” gazetasi