Sweater Weather — chet elliklar kuzni romantik tarzda shunday deb ataydilar. Chunki ular o‘zlarining qulay va so‘nggi modadagi sviterlarini bir necha qavat kiyimlar tagiga yashirishlari shart emas.
Shunday bo‘lsa ham, xafa bo‘lishga sabab yo‘q! Isining, kuling va yangi sviter tanlang. Biz sizga bugungi kunda qaysilari trendda ekanligini aytib beramiz.
Chang‘ichilar sviteri
2017—2018-kuz-qish mavsumida podiumlar sviterlarning turli xil: naqshli deysizmi, an’anaviy keltchami, skandinavcha yoki mutlaqo abstrakt modellariga to‘lib ketdi.
Ta’bingizga yoqqanini tanlashingiz mumkin. Har xil yo‘l-yo‘l chiziqlar birligi juda zamonaviy bo‘lib ko‘rinadi. Ha aytmoqchi, bug‘uli sviterlar yana modaga kirdi.
Mo‘yna bilan
Bu mavsum haqiqatan ham iliq bo‘ladi! Dizaynerlar bizga g‘amxo‘rlik qilishdi va hatto sviterlarga ham mo‘yna tikishdi. Bunday sviterlarni palto yoki kurtkalarning tagidan kiyishga ko‘zingiz qiymaydi. Qattiq sovuqlar tushmasdan mo‘ynali sviteringizni kiyib qoling.
Sviter-ko‘ylak
Ertalab ishga kiyiladigan kiyimlarni tanlashni osonlashtirish uchun bir-ikkita issiq va stilli to‘qilgan ko‘ylaklar sotib oling.
Va mukammal qiyofa uchun uning o‘zi, bir juft issiq kolgotka, har qanday balandlikdagi poshnali botinka va palto yoki puxoviklar yetarli bo‘ladi.
Ozersize-sviter
Eng qulay va eng issiq model — oversize-sviter! Bu mavsumda kulrang tuslar haqida hech bo‘lmasa vaqtincha unuting va yorqin rangli sviter sotib oling.
Kashtali modellarga e’tibor bering. Sviterni jinsi ichiga yengilgina kirgizib qo‘ying, past poshnali laklangan botilon kiying — juda didli qiyofaga ega bo‘lasiz.
Katta yoqali sviter
Baland yoqali sviter — eskirmaydigan klassika. Bunday buyumlar har bir qizning garderobida albatta bo‘lishi shart.
Birinchidan, agar tomoq issiq saqlansa — shamollash ehtimoli kamayadi. Ikkinchidan, katta sharflarni hamma ham yoqtiravermaydi.
Va uchinchidan, bunday sviterlar paltoning yoqasidan juda chiroyli ko‘rinib turadi.
Manba: Daryo.uz